So’nggi yangiliklar

21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  2 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  5 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1

Korrupciya. Nechta holat aniqlandi? Yangiliklar

Korrupciya. Nechta holat aniqlandi?

2017-2018 yillar.

SportRADAR malumotiga ko'ra, O'zbekiston chempionatida o'tkazilgan uchrashuvlardan 53tasi shubhali deb topilgan. To'g'ri o'qidingiz: 5 yoki 3 emas — 53...

Ortiq o'zgarish, o'zgartirish payti kelgandi. 2019 yil avvalida Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan futbol faoliyatini nazorat qilish uchun boshchiligida rostakam inspekciya tuzilib, unga Dilshod Hakimov masul qilib qo'yildi. Bu korrupcion holatlarga qarshi faqat so'zda emas, amalda ham kurashish imkoniyatini paydo qilgan edi.

Natija o'zini uzoq kuttirmadi. Aprel oyiga borib kelishilgan o'yinlar tashkil qilgani uchun "Navbahor" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov 5 yilga diskvalifikaciya qilindi (keyinchalik bu muddat qisqartirilgan)...

O'sha yilning yozida O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati raisi Abdusalom Azizovning O'FA prezidentiga aylanishi totalizator va kelishilgan o'yinlarga qarshi "jang"ni kuchaytirdi...

Bu boradagi ishlar 24 dekabr kuni o'tkazilgan kongressda alohida etirof qilindi. SHundan keyin O'FA rasmiy saytida elon qilingan xabarlar asosida nechta ish o'rganilganini sanab chiqdik. Raqamlar kutganimizdan ancha ko'p chiqqani kishini xursand qiladi.

Maxsus inspekciya faoliyatini boshlaganidan beri 34 ta korrupcion holatni aniqlagan. Ular bo'yicha 70ga yaqin futbolchi, hakam, murabbiy, shuningdek, rasmiy shaxslar hamda klublarga nisbatan chora ko'rilgan.

Faqat O'FA prezidentiga bo'ysunadigan tuzilmaning faolligi butun futbol jamoatchiligini muntazam sergak bo'lishga, xato qilmaslikka chaqiryapti. SHu tufayli kongressda inspekciya faoliyati yanada kuchaytirilishi elon qilindi. Ayni paytda barcha klublar bu yo'lda birlashishi va futbol rivoji uchun masullarga ko'maklashishi so'ralmoqda. Bir so'z bilan aytganda, futboldagi halollik uchun barcha birdek javobgar bo'lishi kerak.

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика