So’nggi yangiliklar

13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  14

Koronavirus tufayli A Seriya etakchilari evrokuboklarda aziyat chekishadi Yangiliklar

Koronavirus tufayli A Seriya etakchilari evrokuboklarda aziyat chekishadi

Ayni damda koronavirusning asosiy o'chog'laridan biri - Italiya.

Kasallanganlar soni 7900 kishidan oshib ketdi, 450 kishi virusdan vafot etdi.

Bu voqealar fonida Evropa top chempionatlari orasida italiyaliklar birinchilardan bo'lib liga bahslarini to'xtatishga qaror qilishdi. Umumiy qilib hisoblaganda A Seriyaning har bir turida stadionlarga 800 ming kishi tashrif buyuradi, shu sababli chempionat to'xtatilishi hayron qolarli voqea emas.


"Yuventus" hamda "Inter" o'rtasidagi uchrashuv muxlislarsiz o'tdi. Krishtianu Ronaldu "ko'rinmas muxlislar"ga besh tashlab, kayfiyatni ko'tarishga harakat qilganiga qaramay, o'yin huddi o'rtoqlik uchrashuvidek o'tdi. Futbolchi va murabbiylarning har bir so'zi eshitilishi - noodatiy holat.


Hozir A Seriya rahbariyati hech narsa qila olmaydi, chunki vaziyatga davlat rahbariyatidagilar aralashgan. Italiya bosh vazirining shaxsan o'zi chempionat to'xtatilgani haqida elon qildi:


"Boshqa kuta olmaymiz. Raqamlar kasallanganlar va vafot etayotganlar soni oshib borayotgani haqida gapirmoqda. Italiya foydasini ko'zlab bazi yoqimsiz qarorlarni qabul qilishimiz kerak. A Seriya va boshqa sport tadbirlari to'xtatiladi. Muxlislar buni qabul qilishi kerak" - deydi bosh vazir.


Sana haqida to'xtaladigan bo'lsak, uchrashuvlar kamida 3 aprelgacha o'tkazilmaydi. Italiya klublari evrokuboklarda nima qilishni bilmay, boshi qotgan. Masalan, "Yuventus" keyingi seshanba kuni CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Lion"ni qabul qiladi. Hozircha bu borada aniqlik kiritilmagan, ammo katta ehtimol bilan o'yin muxlislarsiz o'tadi yoki Turindan tashqarida bo'ladi. Eng hayratlanarli natija - Franciya jamoasining texnik g'alabasi bo'ladi, ammo UEFA bu ishga qo'l urmasa kerak.


Italiya klublari uy uchrashuvlarini o'zida o'tkazish masalasini hal qilgan taqdirda ham italiyaliklar Evropada eng ko'p aziyat chekkan klublar bo'lishadi. CHempionat to'xtatilgani tufayli ular futbolchilarning formasini bir ritmda saqlab tura olishmaydi. Italiya klublari faqat chet elda o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yinlaridan umid qilishlari mumkin.


Yana bir muammo - A Seriyaning qolgan o'yinlari nima bo'ladi? CHempionat 3 apreldan davom etadi desak ham taqvimni surish qiyin va liga bahslari mayning oxirigacha yakunlanmaydi. CHempionat o'yinlarini bir necha haftaga uzaytirish qarori haqida o'ylash noto'g'ri, chunki bu yil yozda Evropa chempionati o'tkaziladi.


Umuman olganda, hozircha savollar ko'p, ammo tez orada javoblar paydo bo'lishi kerak. Albatta, xavfsizlik birinchi o'rinda, biroq Italiya klublari, muxlislari juda xafa bo'lishi aniq.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика