So’nggi yangiliklar

00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  0 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   33 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  220 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6

Koronavirus Info. SHavkat Mirziyoev: "Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, xavotirga o'rin yo'q, deb xotirjam bo'lish xiyonat hisoblanadi" Yangiliklar

Koronavirus Info. SHavkat Mirziyoev: "Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, xavotirga o'rin yo'q, deb xotirjam bo'lish xiyonat hisoblanadi"

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

«Koronavirusga qarshi kurashishdagi o'ziga xos “jang maydoni”da tibbiyot xodimlari birinchi zarbani qabul qilmoqdalar.

Oddiy haqiqatni tan olish adolatdan bo'ladi. Kasallarga o'z vaqtida yordam berilsa, ular shifo topadi, kasalxonalarni tark etadi. Lekin, oxirgi kasal tuzalmaguncha tibbiyot xodimlari ish joyini tark etolmaydi.

SHu sababli, fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishga qo'shayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini etirof etgan holda, koronavirus infekciyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot, sanitar-epidemiologik va boshqa xodimlarni qo'shimcha ijtimoiy hamda moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida alohida qarorni imzoladim

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, 100 taga ham etmaydi, xavotirga o'rin yo'q, deb xotirjam bo'lish xiyonat hisoblanadi.

CHunki, koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o'zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog'lig'i va hayotini katta xavfga qo'yishini chuqur anglab etishi kerak.

Davlat tomonidan ko'rilayotgan choralar odamlarimizning kasallikni yuqtirib olish ehtimolini imkon qadar chegaralash, virusli infekciyaning tarqalishini jilovlashga qaratilgan.

Tibbiyot qanchalik rivojlangan bo'lmasin, davlat bunga qancha-qancha mablag' ajratmasin, odamlarimiz shifokorlar tavsiyasiga amal qilmasa, tartib-intizomli bo'lib, karantin qoidalariga rioya etmasa, barcha ko'rilayotgan choralarimiz, pandemiyaga qarshi kurashish uchun safarbar qilingan yuz minglab fidoyi insonlarning mehnati behuda ketishi mumkin. Ishonchim komil, oilasi, farzandlari, el-yurti tinchligi, sog'lig'ini hamma narsadan ustun qo'yadigan donishmand xalqimiz bunday holatga tushib qolishni hech qachon istamaydi.

Koronavirus pandemiyasi butun insoniyat uchun Yaratganning bergan bir sinovidir. Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, ko'rsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz o'z xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda, uni yashirmay shifokorlarga o'z vaqtida murojaat qilsalar, biz bu kasallikni, albatta, engamiz!», — SHavkat Mirziyoev.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Koronavirus Info. Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo'yilmoqda?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика