So’nggi yangiliklar

10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  3 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  6 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  4 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi tasdiqlangan uchinchi bemor vafot etdi Yangiliklar

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi tasdiqlangan uchinchi bemor vafot etdi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Toshkent viloyati CHirchiq shahrida yashovchi fuqaro SH. shu yilning 30 mart kuni tez tibbiy yordam orqali og'ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga barcha zarur muolajalar ko'rsatilgan. SHu yilning 31 mart kuni bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o'tkazilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infekciyasi borligini tasdiqlagan.

40 yoshli bemor ushbu klinikaning reanimaciya bo'limida suniy nafas olish apparatida bo'lgan. Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A. Xadjibaev rahbarligida Sog'liqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I. Liverko, etakchi reanimatologlar D. Sobirov va X. Sattarov ishtirokida videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan.

Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Biroq qator soha mutaxassislarining o'tkazgan tezkor reanimacion muolajalariga qaramasdan kecha oqshom bemorning ahvoli keskin yomonlashgan. Etakchi reanimatolog va bosh torakal xirurg SH. Xudoybergenov boshchiligidagi mutaxassislardan kerakli tavsiyalar ham olingan. Berilgan tavsiyalarni to'liq bajarilishiga qaramasdan bemor SH.da yurak va o'pka etishmovchiligi sabab yurak faoliyati to'xtashi kuzatilgan.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.


Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallangan 72 yoshli shaxs vafot etdi         

Koronavirus Info. Bugun vafot etgan erkak kishi 39 yoshda edi (Batafsil malumot)        


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика