So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  1 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  22 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  3 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  18 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  4 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  202 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

Konferenciyalar Ligasida aqldan ozdiradigan hikoya Yangiliklar

Konferenciyalar Ligasida aqldan ozdiradigan hikoya

"Sivasspor" aeroportda formasini yo'qotdi va raqibning oq libosida o'ynadi.

Payshanba kuni Konferenciyalar Ligasi evrokuboklardagi eng noyob syujetni taqdim etdi.

Turkiyaning "Sivasspor" jamoasi mahalliy "Kluj"ga qarshi o'ynash uchun Ruminiyaga uchib keldi va ushbu mamlakat aeroportida ularning o'yin formalari solingan chamadon yo'qolgani aniqlandi.

Zaxira liboslari yo'q edi va o'yin startiga sanoqli soatlar qolgandi. 

Keyinroq shortilar topildi (ehtimol, ular boshqa chamadonda bo'lgandir). Ammo jamoa futbolkalarsiz qolgandi. 

Yangilarini sotib olish ham imkonsiz edi. Gap shundaki, "Sivasspor"ning liboslar to'plami Turkiyaning Tony Montana moda brendi tomonidan ishlab chiqarilar edi, ular Turkiyadan tashqarida sotilmasdi.

"Barcha say-harakatlarimizga qaramay, biz liboslar to'plamini topa olmadik. Jamoa vaziyatdan muqobil yo'l bilan chiqadi", – deya bayonot bilan chiqishga majbur bo'ldi Turkiya klubi.

Raqib jamoa esa yordam qo'lini cho'zdi: CHFR mehmonlarni Nike'dan oq liboslar bilan taminladi. "Sivasspor" ularga o'z logotiplarini yopishtirib o'ynash uchun maydonga chiqdi.

Ahamiyatli jihati, "Sivasspor" jamoasi darvozaboni libosi haqiqiy edi. Aftidan, posbon Ali Vural har ehtimolga qarshi libosini o'zi bilan olib yurgan. Biroq bu manzara, umuman olganda, tashqaridan epik ko'rinardi.

Ikkinchi taymda yopishtirilgan klub emblemalari biroz ochilib qoldi. Lekin butunlay tushib qolmadi. 

Bizga yaxshi tanish bo'lgan Ahmad Musaning libosi ancha katta keldi (futbolchi libosi ichida suzib yurardi).

Ikkinchi bo'limda "Sivasspor" ustozi Riza CHalimbay Puma libosida chiqib keldi.

Bularning barchasi turkiyaliklarning g'alabasiga xalal bermadi: o'yinning 28-daqiqasida 34 yoshli Maks Gradel penaltidan gol urdi va shundan keyin mezbonlar o'ziga kela olishmadi. SHu tariqa, "Sivasspor" va "CHFR Kluj" o'rtasidagi uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlar g'alabasi bilan yakunlandi. Turkiya jamoasi mezbonlarga ko'rsatgan yordami va mehmondo'stligi uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Biroq formalarning topilgani yoki yo'qligi noaniqligicha qolmoqda.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика