Kompani: "Raqibimiz faqat Messidan iborat emas"
11 mar 2014 00:04
Yangiliklar


Kompani: "Raqibimiz faqat Messidan iborat emas"
"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani "Barselona" bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bizga faqat Messi emas, butun "Barselona" jamoasi qarshilik qilishadi. Kataloniyalik tarkibida Messidan boshqa yana bir qator juda kuchli ijrochilar yig'ilgan. Bir so'z bilan aytganda, biz juda kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Men uchun har bir o'yin juda muhim va har qanday uchrashuvlarga astoydil tayyorgarlik ko'raman. Raqibni o'rganish bu men uchun, xuddiki Formula-1 musoboqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan poygachi startga chog'lanayotgandek gap.

Fikrlar