Koke: "Biz yaxshiroq o'ynadik, ammo "Real" har qanday vaziyatda gol urishi mumkin"
08 mar 2021 14:25
Yangiliklar
Koke: "Biz yaxshiroq o'ynadik, ammo "Real" har qanday vaziyatda gol urishi mumkin"
"Atletiko" yarim himoyachisi va sardori Koke La Liga 26-tur doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Atletiko" to'purari Luis Suares 15-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, 88-daqiqada Karim Benzema "Real"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoluvchi golga mualliflik qildi.
"Biz yaxshiroq edik. Ammo "Real" har qanday vaziyatda gol urishi mumkin. Biz gollar ura oladigan o'yinchilari etarli bo'lgan yaxshi jamoa bilan o'ynadik. Bu safar "Real" o'zining o'yindagi yagona imkoniyatidan foydalanib ketdi va hisobni tenglashtirdi", - deydi Koke.
"Atletiko" "Real"dan bitta kam o'yin o'tkazgan va 59 ochkoga ega, "qirollik klubi" esa 54 ochko bilan uchinchi o'rinda.
O’xshash yangiliklar
01:50
Sobiq hakam Fernandes Vinisiusning "Alaves" jarima maydonchasida yiqilishi haqida: "Yaqqol penalti" 6
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar