So’nggi yangiliklar

12:22Ишончсизлик ҳақидаги миш-мишлар рад этилди: Алонсо Винисиус ҳақида баёнот берди  0 11:53"Арсенал" Япония терма жамоаси вингери билан шартнома тузмоқчи  0 11:21Вадим Абрамов Самарқандда тарих ёзадими? "Пахтакор"да ортга йўл қолмади  3 10:46Рауль Бундеслига жамоасига бош мураббий бўлиши мумкин  0 10:18Узоқ муддатга сафдан чиққан Гави жароҳати ҳақида фикр билдирди  1 09:48"Манчестер Сити" меҳмонга боради. Лига кубогининг навбатдаги босқичига қуръа ташланди  2 09:40Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  4 09:22Суперлига. Бугун 23-турга старт берилади  16 08:55Рустам Ашурматов жума куни майдонга тушиши мумкин, Машарипов эса  0 08:27Остон Ўрунов яна жароҳат олди   5 08:03Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади  21 07:36МЛС. Мессининг дубли "Интер Майами"га йирик ғалабани тақдим этди  39 02:30Ла Лига. ​"Атлетико" "Райо Вальекано"га қарши ўйинда камбэк амалга ошириб, ғалаба қозонди. Альваресдан феноменал ўйин  4 02:14Европа лигаси. "Рома" ғалабага эришди, "Бетис" ва "Ноттингем" муроса кўчасини танлашди, "Фенербаҳче" эса ютқазди  0 01:55Англия лига кубоги. "Манчестер Сити", "Арсенал", "Тоттенхэм ва "Ньюкасл" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2

"Real Madrid" "Al-Hilol"ni mag'lub etib, klublar o'rtasida jahon chempioniga aylandi! Yangiliklar

"Real Madrid" "Al-Hilol"ni mag'lub etib, klublar o'rtasida jahon chempioniga aylandi!

"Real" hamda "Al-Hilol" o'rtasida o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali yakunlandi.

Klublar o'rtasidagi JCH. FINAL! "Real Madrid" - "Al-Hilol" 5:3

Gollar: Vinisius Junior (Karim Benzema) 13', Federiko Valverde 18', Mussa Marega (Moxammed Kanno) 26', Karim Benzema (Vinisius Junior) 54', Federiko Valverde (Daniel Karvaxal) 58', Lusiano Vetto (Saud Abdulxamid) 63', Vinisius Junior (Daniel Sebalos) 69', Lusiano Vetto (Maykl) 79' 

"Real Madrid": 13. Andrey Lunin, 2. Daniel Karvaxal (5. Xesus Valexo 79'), 22. Antonio Ryudiger, 4. David Alaba, 12. Eduardu Kamavinga, 10. Luka Modrich (6. Nacho 74'), 18. Orelen Tchuameni (19. Daniel Sebalos 62'), 8. Toni Kroos (11. Marko Asensio 74'), 15. Federiko Valverde, 9. Karim Benzema (21. Rodrigo 62'), 20. Vinisius Junior.

Zaxira: 26. Luis Lopes, 30. Lukas Kanisares, 3. Eder Militao, 16. Alvaro Odriosola, 31. Mario Martin, 33. Serxio Arribas, 24. Mariano Dias.

"Al-Hilol": 1. Abdulla Al-Mayuf, 66. Saud Abdulxamid, 20. CHan Xyun Su, 5. Ali Al-Bulayxi, 4. Xalifa Al-Davsari, 28. Moxammed Kanno, 6. Gustavo Kuelyar, 19. Andre Karrilo (96. Maykl 74'), 29. Salem Al-Davsari (16. Nasser Al-Davsari 74'), 10. Lusiano Vetto (14. Abdulla Al-Xamdan 86'), 17. Mussa Marega (9. Odion Igalo 86').

Zaxira: 21. Moxammed Al-Ovais, 31. Xbib Al-Votayan, 42. Muath Abdulaziz Faqeehi, 70. Moxammed Jaxfali, 67. Mohammed Naif Al Khaibari, 8. Abdulla Otayf, 43. Musab Al-Juvair, 11. Salex Al-SHexri.

Ogohlantirishlar:


90+7. O'YIN YAKUNLANDI! "REAL MADRID" KLUBLAR O'RTASIDA JAHON CHEMPIONI!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. Nasser Al-Davsarining jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

86. Asensiodan yana bir zarba, yana noaniq...

83. Asensioning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

81. "Al-Hilol"dan yana bir hujum. Mussa Marega deyarli bo'sh darvozaga to'pni aniq kirita olmadi...

Maykl o'ng qanotdan "Real" jarima maydonchasiga kirib bordi, Luninni o'zi bilan ovora qilib to'pni Viettoga uzatdi, Lusiano esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila bildi. 

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Al-Hilol" yana hisobni qisqartirdi!

78. Valverdening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvozabonning qo'liga borib tushdi.

71. Vinisiusdan yana bir zarba, biroq bu safar noaniq bo'ldi...

Vinisius chap qanotdan kirib bordi, himoyachilar to'pni uzoqlashtirdi, Sebalos o'ziga kelgan to'pni to'g'rilab darvoza tomon zarba bermoqchi bo'lganida Vinisius kelib tepdi va to'p darvoza to'ridan joy oldi.

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vinisius hisobni yana yiriklashtirdi!

67. "Al-Hilol" gol urganidan keyin anchagina faollashdi. 

Lusiano Vetto jamoadoshi kabi gol urdi. Darvozabon bilan birga-bir holatda qoldi va hisobni qisqartirdi!

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vietto hisobni qisqartirdi!

60. "Real Madrid" "Al-Hilol" darvozasi oldida, qo'pol qilib aytganda, istganini qilmoqda. 

Karvaxalning o'ng qanotdan erlatib uzatgan to'pini Fede Valverde darvozaga yo'lab, gol urdi!

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Valverde hisobni yiriklashtirdi!

55. O'yin taqdiri hal bo'lib qolgandek go'yo.

Vinisiusning chap qanotdan uzatgan ajoyib pasini Karim golga aylantirdi. 

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema hisobni yana ikkitaga oshirdi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. Modrichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

37. Mussa Marega o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'ladi, biroq noaniq bo'ldi.

31. "Al-Hilol" raqibning birgina xatosi bilan to'pni olib qo'yib, qarshi hujum orqali gol urdi. Klub shunday qilishda davom etmoqda va endi bu jamoaning o'yin rejasi ekanligi malum bo'ldi.

28. O'yin harorati yana oshdi!

Mussa Marega darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi!

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Al-Hilol" futbolchisi Mussa Marega hisobni qisqartirdi!

23. Madridliklar gollardan so'ng ham tinmayapti. Xo'sh, buyog'iga gollar shousini ko'ramizmi?

Fede darvozabondan kelib tushgan to'pni ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi, to'p rekoshetga uchrab golga aylandi!

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Valverde hisobni ikkitaga oshirdi!

15. "Al-Hilol" ham hujumlarni boshladi. Lusiano Vetto o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq.

Benzema-Valverde kombinaciyasidan so'ng to'p Vinisiusga kelib tushdi, braziliyalik futbolchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va gol urdi!

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vinisius Junior uchrashuvda hisobni ochdi!

9. Vinisius chap qanotdan to'pni markazroqqa - Kroosga uzatdi, Toni esa o'ngga - Karvaxalga, Danining jarima maydonchasiga uzatmasini Benzema darvozaga yo'llay olmadi, etmaganiga, ushbu vaziyatda franciyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan, deb topildi. 

3. Ilk daqiqalarni madridliklar yaxshi boshladi. Kroos Karvaxalni to'p bilan taminladi, Daniel to'pni Valverdega uzatdi, Federikoning raqib jarima maydonchasi tomon uzatmasini himoyachilar qaytardi. 

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика