Klopp: "Liverpul" g'alabaga loyiq emasdi"
01 okt 2022 22:35
Yangiliklar
Klopp: "Liverpul" g'alabaga loyiq emasdi"
"Ushbu o'yindan xar xil xotira oldik. Avvaliga ikkita gol o'tkazib yuborishimiz xotirasi, keyin kambekimiz xotirasi, yakunda g'alabani qo'ldan chiqarganimiz xotirasi.
"Brayton" rostdan ham juda zo'r o'ynadi. Jamoaning yangi taktikasi meni hayron qoldirdi. 0:2 hisobidan keyingina o'yinga moslashdik, qarshi hujumlardan unumli foydalandik. G'alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo bunga loyiqmidik? Yo'q, unchalik emas. "Brayton" hech bo'lmasa ochkoga loyiq edi.
So'nggi hafta davomida to'g'ri yo'lga tushib olganmiz. Ishonch esa kichik gul kabi. Buni o'stirish esa juda qiyin. To'g'ri tushunaylik. Albatta, biz bunday natijani istamagandik.
Yaxshiroq himoyalanishimiz mumkin edi. Bu futbol, buni to'g'ri tushunamiz. O'yin shunday boshlangandan keyin kurashdan chiqib qolmaslik kerak. G'alaba qozonishimiz yaxshi holat bo'lardi. Ammo "Brayton" bilan o'yinlarda doimo shunday muammolarga uchraymiz. Buni yaxshilash kerak", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar