Klopp futbolchisi va Gvardiolaning tortishuvi haqida: "Ularning so'zlariga umuman tushunmadim"
26 noy 2023 12:55
Yangiliklar
Klopp futbolchisi va Gvardiolaning tortishuvi haqida: "Ularning so'zlariga umuman tushunmadim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin yakunlanganidan keyingi holat haqida gapirdi.
Uchrashuvning final hushtagi chalinganidan keyin Darvin Nunes hamda Pep Gvardiola o'rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi. Holatga Yurgen Klopp va uning yordamchisi Pep Leynders aralashdi va futbolchini chetga olishdi.
"Bu holatni tushuntirib berishga men majbur emasman deb o'ylayman. CHunki ushbu holatda men ishtirok qilmadim. SHunchaki holatni yumshatib, ularni tinchlantirishga harakat qildim, ularning ikkisini ham yaxshi ko'raman. Ularning gaplariga ham so'zlariga ham tushunmadim. Hammasi hissiyot bilan bog'liq. Ularning ikkisi ham g'alaba qozonishni istadi. SHu sababli ikkisi ham xursand emasdi", - dedi Klopp.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar