Klarens Zeedorf: "Raqib hisobda ustunlikka egadir, lekin chorak final masalasi hali ochiq"
11 mar 2014 00:28
Yangiliklar


Klarens Zeedorf: "Raqib hisobda ustunlikka egadir, lekin chorak final masalasi hali ochiq"
"Atletiko" - "Milan" o'yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "Milan" ustozi o'zining uchrashuv haqidagi fikrlarini aytib o'tdi.
Balki "Atletiko" hisobda ustunlikka egadir, lekin chorak final masalasi hali ochiqligicha qolmoqda. Biz bu o'yinga uchrashuv qiymatidan kelib chiqib, katta ishtiyoq bilan harakat qilishimiz lozim. Bu to'qnashuvda hali hech narsa hal bo'lganicha yo'q. Balotelli va Kosta? Bu ikkala futbolchi ham yuqori iqtidor sohiblari hisoblanishadi. Lekin boshqa futbolchilarni ham unutmaslik kerak. "Atletiko"da Kostadan tashqari yana bir qancha yuqori malakali futbolchilar jamlanishgan. Diego Simeone jamoasini kuchli shakllantirib kelmoqda. Madrikliklar jamoa sifatida anchayin kuchli hisoblanishadi. Bizning bor etiborimiz ertangi bahsga qaratilgan.

Fikrlar