So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Kim kimdan norozi? "Mashal" - "Navbahor" 2:2 VIDEO Yangiliklar

Kim kimdan norozi? "Mashal" - "Navbahor" 2:2 VIDEO

Kecha Muborakda Oliy liganing 16 turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda jangavor 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.  Keskin va murosasiz o'tgan uchrashuvdan so'ng namanganliklar murabbiylari hakamlarga keskin etirozlar bildirdi.  O'yinni boshqarib borgan Olimjon Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar bu o'yin uchun nazoratchidan ijobiy bahoga munosib ko'rildi.

Aslini olganda nima uchun "Navbahor" murabbiylari bosh hakamdan norozi bo'lganligini tushinish qiyin edi.   

Birinchi vaziyat!

Uchrashuv 0:2 hisobi qayd etilayotgan bir vaqtda Zafar To'raev to'pni himoyachilardan qochib ketishga shay bo'lib turgan Zohir Qo'ziboevga etkazib berdi.  Qo'ziboev himoyachidan orqada bo'lishiga qaramay tezlik bilan to'p uzatilgandan keyin o'tib ketishni uddaladi.  Qo'ziboev tomonidan kiritilgan to'p esa kutilmaganda qanot hakami Nabijon Ro'zimov tomonidan bekor qilindi.  Bu vaziyatda pastda taqdim etilgan videorolikda juda ham tiniq ko'rib o'tasiz.  Qarangchi Qo'ziboev ikki metr ortda turib qanday qilib o'yindan tashqari holatda deb topilgan ekan.  Birinchi gol bekor qilindi.  Qanot hakamining bu qarorini bosh hakam ham tasdiqladi.  Vaziyatni taxlil qilgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal.  

Xo'sh kim kimdan norozi?

Ikkinchi vaziyat!

Bu juda oddiy holatda bo'ldi.  Burchakdan Abbos Omonov to'pni kiritib berdi va Fayziev boshi bilan uni darvoza tomon yo'naltirdi.  To'p darvoza chizig'ini yarim metrga yaqin masofada kesib o'tdi va himoyachi darvoza ichidan to'pni chiqarib yubordi.  Qanot hakami gol bo'lganini qayd etdi va maydon markazi tomon harakatlandi.  Bosh hakam esa vaziyatni kechroq anglagani bois darvoza ichida qaytarib yuborilgan to'pdan so'ng qisqa o'yin davom etdi.  Qanot hakami esa allaqachon kiritilgan to'pni qayd etib bo'lgan edi.  Markaz tomon yo'nalgan qanot hakamini Ashurmatov keskin bosim bilan butun jamoa qurshovga oldi.  Bosh hakam esa Ashurmatovga zaxira o'rindig'idan chiqib ketishni ko'rsatdi.  O'yindan so'ng qayta-qayta ko'rilgan taxlilga ko'ra kiritilgan gol haqiqiy deb topildi va shunga munosib qanot hakamiga yuqori baho qo'yildi.  Bu vaziyatni ham siz pastda berilga rolikda ko'rishingiz mumkin.  

Xo'sh kim kimdan norozi?

Uchinchi vaziyat!

Ikkinchi bo'limni to'la ustunlik bilan o'tkazgan "gazchilar" 85 daqiqada Aziz Ahmedovni hujumga o'tish arafasida to'xtatib qoida buzdi.  Ahmedov esa raqibga nisbatan ochiq holda oyog'iga zarba berishga intildi.  Bu vaziyat uchun esa ikkinchi ogohlantirishni oldi.  Bosh murabbiy Ashurmatov qizil o'yinga tasir o'tkazdi degan ekan unda siz bu vaziyatni ham ko'rib chiqing.  Ahmedov bilan bo'lgan vaziyatni tomosha qiling va u haqiqatdan ham bunga munosib edimi? Buni faqat xolis muxlis ayta oladi.

Xo'sh kim kimdan norozi?

To'rtinchi vaziyat!

Jahongir Jiyamurodov tomonidan kiritilgan golni videosini siz ham bir ko'rib o'ting.  90+4 daqiqada 2:2 hisobida turgan o'yinda kiritilgan gol Andrey Sidirov tomonidan bekor qilindi.  Bu vaziyatni o'zingiz ko'ring va bahoni bering.
 
Xo'sh kim kimdan norozi?


O'yinning videosini tomosha qiling. VIDEO

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика