"Kicker": "Bavariya" Bundesligada porlayotgan yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi
05 jan 2018 12:27
Yangiliklar
"Kicker": "Bavariya" Bundesligada porlayotgan yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi
"SHalke" yarim himoyachisi Leon Gorecka mavsum yakunlanganidan so'ng katta ehtimol bilan "Bavariya"ga o'tadi.
22 yoshli futbolchi kelajagi borasida bir qarorga keldi va yozda Myunxen klubiga o'tishga rozilik berdi. Iyunda uning "SHalke" bilan shartnomasi nihoyasiga etadi.
Oldinroq, Gelzenkirxen klubi sport direktori Kristian Xaydel o'yinchining "Bavariya"ga o'tishi haqidagi gaplarga nisbatan noroziligini bildirgan va Gorecka "SHalke"da qolishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
SHunga qaramay, "Kicker"ning malum qilishicha, futbolchi va "Bavariya" o'rtasidagi og'zaki kelishuv o'z kuchida qoladi.
Fikrlar