Keyrush: "Xamesni chaqirmaslik mening qarorim"
09 okt 2019 15:42
Yangiliklar
Keyrush: "Xamesni chaqirmaslik mening qarorim"
Oldin tarqalgan malumotlarga ko'ra, madridliklar vakili terma jamoa vakillaridan "Real" asosiy tarkibi uchun kurashishi lozimligi sabab o'zini terma jamoaga chaqirmasliklarini so'ragani aytilgan edi.
"Ayrimlar Xames mendan o'zini terma jamoaga chaqirmasligimni so'raganini aytishmoqda. Bu noto'g'ri. O'yinchilar qachondir mendan o'zini terma jamoaga chaqirmaslikni so'rashi bilan bog'liq vaziyat men bilan hech qachon sodir bo'lmagan.
Bu mening qarorim. Biz chaqirgan o'yinchilar qisqa muddatli vazifamizni uddalash uchun etarli. Hozir bizda 15-16 o'yinchidan iborat baza bor.
Men avval chuqur o'ylab ko'raman va keyin qarorlarni qabul qilaman. Bundan tashqari, men bu erda yolg'iz emasman. Men murabbiylar shtabi bilan maslahatlashaman. Men hech qachon yordamchilarim, o'yinchilar va jamoa shifokorlari bilan gaplashishdan charchamayman", - dedi Keyrush.
Kolumbiya terma jamoasi 12 oktyabrda CHili bilan, 15 oktyabrda esa Jazoir terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Fikrlar