So’nggi yangiliklar

09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  0 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  10 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  14 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  2 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  5

Keyrush boshchiligidagi Eron haqida Yangiliklar

Keyrush boshchiligidagi Eron haqida

Teglar :  Karlush KeyrushEron
Bugun, 11 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz Karlush Keyrush boshchiligidagi jamoaga qarshi o'ynaydi. Biz o'quvchilarimiz etiboriga Eron terma jamoasi va bosh murabbiy haqidagi malumotlarni keltiramiz.

Eron futbol Federaciyasi 1920 yilda tashkil etilgan. "Melli jamoasi" birinchi uchrashuvni 1941 yilning 25 avgust kuni o'tkazgan. Qobulda Afg'onistonga qarshi kechgan bahsda 0:0 hisobi qayd etilgan.

Eron terma jamoasi ketma-ket uch marta Osiyo Kubogida chempion bo'lgan dunyodagi yagona jamoa hisoblanadi. Forslar yozda Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etishdi. Guruhda Ispaniya, Portugaliya va Marokash bilan kuch sinashga Keyrush shogirdlari Marokashni mag'lub etishdi, Ispaniyaga yutqazishdi, so'nggi turda Portugaliya bilan durang qayd etib 3-o'rinni egallashdi. Ko'plab mutaxassislar Eron guruhdan chiqishga haqli ekanligi haqida aytib o'tishdi.

Bugungi kunda Eron terma jamoasining aksariyat futbolchilari Evropaning kuchli chempionatlarida ishtirok etuvchi klublarda faoliyat olib borishmoqda. O'zbekiston bilan o'yinga 16 nafar legioner chaqirilgan, ulardan 13 nafari Eropada o'ynaydi.

Rossiyadagi mundialdan so'ng hujumchi Rizo G'uchannajod terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini elon qildi. Bundan tashqari yosh futbolchi Sardor Azmun ham muxlislarning xaqoratlari tufayli malum muddata termadan ketishga qaror qildi. 


Eron futbol Federaciyasi
Laqabi 
- Melli jamoasi (Team Melli)
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy - Karlush Keyrush (Portugaliya)
Sardor - Masud SHojayi
Eng ko'p o'yin o'tkazgan - Javod Nekunam (151)
Eng ko'p gol urgan - Ali Dayi (109)
Uy stadioni - "Ozodi" stadioni
FIFA kodi - IRN
FIFA reytingidagi o'rni - 32 (2018 yil 16 avgust)

Birinchi rasmiy o'yin
1941 yil 25 avgust

Afg'oniston - Eron 0:0

Eng yirik g'alaba
2000 yil 24 noyabr

Eron - Guam 19:0

Eng yirik mag'lubiyati
1950 yil 28 may

Turkiya - Eron 6:1

Jahon chempionatidagi ishtiroki - 5 marta (birinchisi 1978)
Eng yaxshi natijasi - Guruh bosqichi

Osiyo Kubogidagi ishtiroki - 14 marta (birinchisi 1968)
Eng yaxshi natijasi - CHempion (1968, 1972, 1976)

Olimpiada o'yinlaridagi ishtiroki - 4 marta (birinchisi 1968)
Eng yaxshi natijasi - CHorak final (1976)


Sovrinlari
Osiyo Kubogi

CHempion - 1968, 1972, 1976

Osiyo o'yinlari
Oltin medal - 1974, 1990, 1998, 2002
Kumush medal - 1951, 1966

G'arbiy Osiyo Futbol Federaciyasi chempionati
CHempion - 2000, 2004, 2007, 2008
Vice-chempion - 2010


2011 yil 4 aprel kuni portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. SHundan beri u mana shu jamoani boshqarib kelmoqda.

KARLUSH KEYRUSH (Portugaliya)
Tug'ilgan sana:
1 mart 1953 yil
Tug'ilgan joy: Nampula, Mozambik
Futbolchilikdagi ampluasi: darvozabon
O'ynagan klubi: "Ferrovario" (Mozambik)
Boshqargan jamoalari: "Eshtoril-Praya", Portugaliya U-21, Portugaliya, "Sporting" (Portugaliya), "Metrostarz" (AQSH), "Nagoya Grampus" (Yaponiya), BAA MTJ, JAR MTJ, "Manchester Yunayted" (Angliya) yordamchi, "Real Madrid" (Ispaniya), Portugaliya MTJ.

Sovrinlari
"Sporting"

Portugaliya kubogi sohibi - 1994/1995
Portugaliya Superkubogi sohibi - 1995

"Nagoya Grampus"
Osiyo Kubok Egalari kubogi finalchisi - 1996/1997

Portugaliya
U-20 Jahon chempionati g'olibi - 1989, 1991
U-16 Evropa chempionati g'olibi - 1989


1953 yil Portugaliya mustamlakasi bo'lgan bugungi kunda Mozambik deb atalayotgan mamlakatning Nampula shahrida tavallud topgan Keyrush mahalliy klublardan biri bo'lgan "Ferrovario Nampula" klubi darvozasini qo'riqlagan. Etiborlisi Keyrush jarohat tufayli 21 yoshga to'lganidayoq futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. 1975 yil yozida Mozambik mustaqil davlatga aylanganini elon qilgach, Karlush Porutugaliyaga ko'chib ketgan. U erda Lissabon univarsitetini tamomlab, murabbiy sifatida ishlashni boshlagan.

Keyrush 1989 va 1991 yillarda Portugaliya yoshlar terma jamoasini Jahon chempioni qilgan. Aynan shu g'alaba tufayli u nafaqat Portugaliya, balki butun dunyoga tanilgandi.

2000 yil Keyrush JAR terma jamoasini qabul qilib olgan va uni 2002 yilgi mundialga olib chiqqandi. Biroq JAR futbol Associaciyasi bilan muammolar tufayli Jahon chempionatiga yaqin qolganida istefoga chiqishga qaror qilgandi.

2002 yil Aleks Fergyusson uni "Manchester Yunayted"ga yordamchi sifatida taklif qildi. 2003 yilda MYU Angliya chempioni bo'ldi. Keyrush yordamchi murabbiy sifatida ushbu g'alabaga katta xissa qo'shdi.


SHundan keyin Madridning "Real" klubi rahbariyati unga etibor qaratdi va Visente Del Boskening o'rniga bosh murabbiy etib tayinlashdi. Keyrush Zidan, Ronaldo, Figu kabi yulduzlarga ega "Real" bilan Ispaniya Superkubogini yutdi, lekin Ispaniya chempionatida to'rtinchi o'rinni egalladi va ECHLda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. 2004 yil may oyida Keyrush ishdan bo'shatildi.

SHundan keyin Fergyusson o'z yordamchisini yana MYUga chaqirdi. 2008 yil yozida Keyrush Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi va jamoani 2010 yilgi Jahon chempionatiga olib bordi. Portugaliya mundialning nimchorak finalida Ispaniyaga yutqazib qo'ygandi. O'sha yil sentyabr oyida Keyrush ishdan bo'shatildi.

2011 yil aprel oyida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy forslarni 2014 va 2018 yilgi Jahon chempionatiga, 2015 va 2019 yilgi Osiyo Kubogiga olib chiqdi.


O'ZARO O'YINLAR
O'zbekiston va Eron shu kunga qadar 9 marta o'zaro o'yin o'tkazgan. Katta ustunlik forslar tomonida. Eron 7 marta g'alabaga erishgan. O'zbekiston faqat bir marta g'olib bo'lgan va bir marta durang o'ynagan. Terma jamoamiz 2009 va 2015 yillarda Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazgan. Etiborlisi vakillarimiz bu jamoaga qarshi o'tgan oxirgi 4ta o'yinning hech birida gol ura olishmagan. So'nggi gol bundan 6 yil oldin Ulug'bek Baqoev tomonidan urilgan edi.

Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi

14.12.1998  O'zbekiston – Eron 0:4  |  Osiyo o'yinlari 1/4 final
11.07.2007  Eron – O'zbekiston 2:1  |  Osiyo Kubogi, guruh bosqichi
05.09.2009  O'zbekiston – Eron 0:0  |  O'rtoqlik o'yini
03.06.2012  O'zbekiston – Eron 0:1  |  JCH–2014 saralashi
14.11.2012  Eron – O'zbekiston 0:1  |  JCH–2014 saralashi
11.06.2015  O'zbekiston – Eron 0:1  |  O'rtqolik o'yini
06.10.2016  O'zbekiston – Eron 0:1  |  JCH–2018 saralashi
12.06.2017  Eron - O'zbekiston 2:0  |  JCH–2018 saralashi
18.05.2018  Eron - O'zbekiston 1:0  |  O'rtqolik o'yini

Eronning O'zbekiston bilan o'yinga chaqirilgan futbolchilari ro'yxati:

Darvozabonlar - Alirizo Beyranvand, Amir Obidzoda, Hosseyn Hosseyni. 

Himoyachilar - Ramin Rezaiyan, Ruzbeh CHeshmi, Majid Hosseyni, Murtazo Pouraliganji, Pejman Muntazari, Milad Mohammadi, Sadeg Moharrami, Vouria Gafuri, Armin Sohrabian. 

Yarim himoyachilar - Sayid Ezatolahi, Omid Ebrahimi, Ashkan Dejaga, Saman Goddos, Mehdi Torobi, Masud SHojayi, Vohid Amiri, Ali Karimi, Ehsan Haji Safi.

Hujumchilar - Alirizo Jahonbaxsh, Ali Gulizoda, Mehdi Taremi, Karim Ansarifad.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика