So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  7 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  9 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

Keyingi yil OCHLda "Qo'qon-1912" o'ynay oladi, AGMK, "Bunyodkor" va "Lokomotiv" esa yo'q. Alisher Nikimbaevdan tahlil Yangiliklar

Keyingi yil OCHLda "Qo'qon-1912" o'ynay oladi, AGMK, "Bunyodkor" va "Lokomotiv" esa yo'q. Alisher Nikimbaevdan tahlil

Ayni paytda Qatarda faoliyat olib borayotgan Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida klublarni licenziyalash bilan yuzaga keladigan muammolar haqida post qoldirdi.

Kuni kecha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi AGMK klubining 100 foiz akciyasini qo'lga kiritdi.

SHunday ekan endi Agentlikka Superliganing kamida to'rtta klubi tegishli - "Bunyodkor", "Buxoro", "Lokomotiv", AGMK. Bu degani to'rt klub ham OFKning klublarni licenziyalash reglamnti L.03 talabiga mos tushmaydi (PFL reglamenti omma uchun ochiq joyda yo'q, ammo unda ham ushbu talab bo'lishi kerak). Demak, to'rt klub ham OCHLda ishtirok etish licenziyasini qo'lga kiritmasligi kerak. Nazariy jihatdan olib qaraganda PFL mezonlarga javob bermasa ham klublarga licenziya berishi mumkin, (oldin bo'lgani kabi), ammo qaror qabul qiladiganlarning professionalligiga umid qilgan holda bu variantni ko'rib chiqishni ham istamaymiz.

SHunday qilib, klublarning OCHLda ishtirok etish imkoniyatlarini inobatga olgan holda, Superliga jadvaliga nazar solamiz.

1.Paxtakor - ?
2.AGMK - X
3.Navbahor - ?
4.Bunyodkor - X
5.Qo'qon-1912 - best
6.Metallurg ?
7.Nasaf ?
8.Lokomotiv - X
9.So'g'diyona - ok
10️.Mashal ?
11.Surxon ?
12.Andijon - ok
13.Buxoro - X
14.Qizilqum - ok

? - Bu belgi ushbu klubning akciyalarni topshirish haqida malumot yo'qligini bildiradi. Yani klub hali ham licenziya olishi mumkin.
X - Bu belgi bilan licenziya olmasligi kerak bo'lgan klublar belgilangan.
best - Agar Superligada mavsum so'ngida kamida 7-o'rinni egallasa, OCHL licenziyasini olishi va unda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan klub.
ok - OCHL licenziyasini olishi va unda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan klublar, biroq ayni paytda bu klublar Superligada 7-o'rindan pastda. OCHLda qatnashish uchun kamida 7-o'rinni egallashi shart.

Ko'rib turganingizdek, agar "Paxtakor" va "Navbahor" o'z akciyalarini Agentlikka berishsa, OCHL guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri "Qo'qon-1912" o'ynaydi. Agar "Metallurg" va "Nasaf" ham akciyalarni topshirsa, hamda mavsum oxirida musobaqa jadvali hozirgidek bo'lsa keyingi yil OCHLda O'zbekistondan faqat bitta klub "Qo'qon-1912" qatnashadi.

Agar ro'yxatdagi barcha klublar barcha akciyalarini Agentlikka topshirsa, PFL esa vada berganidek keyingi mavsum Superligani shakllantirishda licenziyalashga murojaat qilsa hozirgi 14ta klubdan 5tasi qoladi xolos: Agentlikka tegishli eng yaxshi bitta klub va qolgan 4 klub ("Qo'qon-1912", "So'g'diyona", "Andijon" va "Qizilqum"). SHunda Superligaga quyi ligadagi shaxsiy klublarni taklif qilishadi.

To'g'ri licenziyalash borasida qaror qabul qilingunga qadar Agentlik qaysidir klublarning akciyalarini sotishi mumkin. Aytgancha AGMK klubi akciyalarining nominal qiymati 3 million so'mni tashkil etadi. Yani klubni o'rinbosarlar tarkibida o'ynayotgan istalgan futbolchi bir-ikki oylik maoshi evaziga sotib olishi mumkin.

Ammo barchamiz AGMK bu yaqinda 300 million funtga sotib olishmoqchi bo'lgan "Nyukasl" emasligini yaxshi bilamiz. Gap faqat narxda emas, investorlar "Nyukasl"ga 300 million sarflab, kafolatlangan 200 millionga ega bo'lishardi. AGMK holatida esa investor umuman daromadga ega bo'lmagan, biroq o'nlab milliard sarmoyalarni talab qiladigan klubni sotib oladi. Hech bo'lmaganda imzolangan barcha shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun. Bunday yukni olishga tayyor bo'lgan biron kishi bormi? Investor OCHLdagi daromaddan umid qilishi mumkin edi, ammo yuqorida yozganimizdek bu daromad bo'lmaydi.

Aytgancha hozircha hech kim AGMK nima qilishini tushuntirgani yo'q. Klub emas, kombinat.

Nomi bir xil bo'lsa ham huquqiy jihatdan kombinatga tegishli bo'lmagan klubni moliyalashtirishda davom etishi kerakmi?

Agar kombinat pul bermasa, klubni kim moliyalashtiradi?

Agar kombinat hali ham klubni moliyalashtirishi kerak bo'lsa, bu qanday amalga oshiriladi? Klub hisob raqamiga to'g'ridan-to'g'ri pul o'tkaziladimi yoki yangi xo'jayin oldingi xo'jayinlardan pul yig'adimi?

Endi bir nechta umumiy savollar. "Bunyodkor" misolidan malum bo'lishicha, Agentlik klub rahbarini mustaqil ravishda tayinlaydi. Bu tushunarli, sababi Agentlikka klubning 100 foiz akciyalari tegishli. Ammo aynan shu amaliyot klublarni licenziyalash to'g'risidagi reglament talablariga zid: bitta tashkilot bir nechta klublarning kadrlar masalasini hal qila olmaydi va mana shunday manfaatlar to'qnashuvi yuzaga keladi.


Alisher Nikimbaev 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика