So’nggi yangiliklar

23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нучтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  0 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  3 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  16 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  4 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1

Keyingi mavsumda "Barselona" tarkibida porlaydigan 5 futbolchi Yangiliklar

Keyingi mavsumda "Barselona" tarkibida porlaydigan 5 futbolchi

Teglar :  Barselona
"Barselona" Ernesto Valverde qo'l ostidagi ilk mavsumda liga g'olibligini qo'lga kiritdi.

Jamoaning yagona omadsizligi "Roma"ga qarshi bahs bo'ldi va bu hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Endi jamoa futbolchilarining katta qismi JCHga tayyorgarlik ko'rmoqda. SHundan keyin "Barselona" yana yig'iladi va yangi mavsum uchun hozirlikni boshlaydi.

2017/18 yilgi mavsumda "Barselona"ning asosiy tarkibiga bir necha yosh futbolchilar kelib qo'shildi. Ular esa keyingi mavsumda Kataloniya klubi tarkibida porlashi kutilmoqda.

5. KARLES ALENYA

Yangi mavsum boshida matbuot Alenyani "Barselona"ning B tarkibidan asosiy jamoasiga qo'shilishi kerak deb hisobladi. Uning to'p bilan ishlashi Inestani eslatdi. Jamoaning ikkinchi tarkibida chiroyli o'yinlarni namoyish etgan holda Alenya "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdening etiborini tortdi. U o'tgan mavsum boshida jamoaning asosiy tarkibi bilan AQSHdagi turneda ishtirok etdi.

U yangi mavsumda professionallar bilan o'ynab, o'z o'yinini shakllantirib, "Barselona" tizimidagi muhim futbolchiga aylana oladi. Ispaniyalik futbolchi maydon markazida o'z hukmronligini o'rnata oladi. Dribling qilishni yoqtiradi, to'p bilan muomalasi alo darajada. SHu boisdan u bo'lajak maestro deb aytilmoqda.

Alenya ayni damda yaxshi holatda. U "Barselona"ning asosiy tarkibi uchun kurashadi va jamoaning yulduziga aylana oladi. U shunga loyiq o'yin namoyish etmoqda.

4. USMON DEMBELE

Yakunlangan mavsum boshida "Barselona" Dembeleni sotib oldi. Biroq debyut mavsumida u otilib chiqqani yo'q. Jarohati bois yilning katta qismida oldingidek o'yin ko'rsata olmadi.,

"Barselona" uni 105 mln evro evaziga transfer qildi.

Jamoa muxlislari har doim qimmat transferlarni to'g'ri tushunishadi. Agar ular yosh bo'lsa, klubning kelajagi sifatida qaraladi va har doim ham tanqid qilaverishmaydi.

21 yoshli futbolchining yaxshigina driblingi bor. U o'ng qanotda qanday o'ynashini "Borussiya"daligida ko'rsatgan.

Franciyalik futbolchi "Barselona"dagi ilk paytlaridayoq jarohat olgani Ispaniyadagi faoliyatiga katta tasir qildi. Ammo u Evropaning eng katta jamoalaridan birida to'p tepmoqda. Yangi mavsum esa uniki bo'ladi va qanday salohiyatga ega ekanligini ko'rsata oladi.

3. NELSON SEMEDU

Valverde o'zining ilk mavsumida Serji Robertoni o'ng qanotda sinab ko'rdi. Dani Alves "Yuventus"ga o'tib ketganidan keyin Robertoning elkasiga katta masuliyat tushdi.

Aleks Vidalning omadsizliklari sababli u yana himoyachi roliga qaytdi. O'tgan yozda "Benfika"dan Nelson Semedu sotib olinganidan keyin jamoadagi balans normal holatga tushdi.

Ko'pchilik Semedu Robertodan oldinroqda o'ynaydi deb o'ylagandi. Biroq Semedu himoyaga o'tdi, Roberto esa hujumga qattiq etibor bera boshladi. Nelson tayanchda ham o'ynaydi, qarshi hujumlarni qaytarishda ham anchagina faol.

Portugaliyalik himoyachi bu mavsumda oshirgan paslarining 88 foizini to'g'ri berdi. U kelajakda "Barselona"ning muhim futbolchisiga aylanadi. Keyingi mavsumda esa u jamoa tarkibida porlay oladi.

2. DENIS SUARES

2017/18 yilgi mavsum boshida u jamoani tark etishi kutilgandi. Biroq bosh murabbiy Ernesto Valverde futbolchini sotib yubormadi va jamoada saqlab qoldi.

"Betis" bosh murabbiyi Kike Seten Denisni sotib olishni qattiq istagandi. Ammo "Barselona"dagilar so'nggi daqiqalarda potencialiga ishonib, Denisni sotib yuborishmadi.

Denis har doim o'yinga tushganida tajovuzkor o'yin namoyish qiladi. Uning bunga qobiliyati juda yuqori. "Vilyareal" tarkibida u buni isbotladi.

Suares gol urmasligi yoki golli paslarni kam berishi mumkin. Biroq kelajakda u bemalol Inestaning o'rnini bosa oladigan muhim futbolchilardan biriga aylana oladi. Umid qilamizki, kelajakda Valverde va Denis hamkorlikni davom ettiradi va murabbiy keyingi mavsumda shogirdining yaxshi to'p surishi uchun barcha ishlarni bajaradi.

1. FILIPPE KOUTINO

"Barselona" har doim braziliyalik futbolchilarga extiyoj sezgan. Xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar Marko Verattini sotib olmaganidan keyin Koutinoni transfer qilishgan.

Bir necha oylar davom etgan muzokaralardan so'ng "Barselona" uni 146 mln funt evaziga transfer qildi. Jamoa uning uchun juda katta summadan voz kechdi. Koutino "Barselona" tarkibida o'ynashni bolaligidan buyon orzu qilganini aytdi.

Koutino "Liverpul"ning eng yorqin yulduzlaridan biri edi. Jamoaning o'yini uning atrofida qurilardi. "Barselona"ga o'tganidan keyin universallikni namoyish qildi va Inesta hamda Messiga katta yordami tega boshladi. Markaz va hujumda paydo bo'lib, himoyaga ham etib kela oldi. Biroq u 6 oydayoq porlab chiqa olmadi. Yangi mavsumda esa Koutino ikkinchi Messiga aylansa ajablanmaymiz.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика