"Barselona" keyingi mavsumda "Kamp Nou"da o'ynay olmaydi
31 mar 2023 10:38
Yangiliklar
"Barselona" keyingi mavsumda "Kamp Nou"da o'ynay olmaydi
"Barselona" Ispaniya futbol federaciyasini keyingi mavsumda uy o'yinlarini "Kamp Nou"da o'tkaza olmasligi haqida rasman ogohlantirdi.
Katalon klubi arena rekonstrukciyasini boshlamoqda va shu sabab 2023/24-yilgi mavsumni "Monjuik" stadionida o'tkazadi.
Malum qilinishicha, "Spotify Kamp Nou"dagi rekonstrukciya ishlari va uning tarkibidagi sport majmualari tamiriga 1,5 mlrd evro miqdoridagi mablag' sarflanadi. Hozirda klub qurilish ishlariga homiylik qilishga tayyor bo'lgan qator fondlar bilan muzokaralarning oxirgi bosqichida turibdi.
"Kamp Nou"ga "Barselona" 2024 yil noyabr oyidan ertaroq qayta olmaydi.
"Monjuik" stadioni 1927 yilda qurilgan bo'lib, 55 926 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi. Bu arena mahalliy olimpiya o'yingohi sifatida tilga olinadi. 1997 - 2009 yillarda bu arenada "Espanol" uy uchrashuvlarini o'tkazgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar