So’nggi yangiliklar

13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  1 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  3 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  13 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  15 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8

"Kengurular" bilan to'rtinchi to'qnashuv O'zbekistonga 5-mundial eshiklarini ochadimi? Bir qadam tashlansa bas Yangiliklar

"Kengurular" bilan to'rtinchi to'qnashuv O'zbekistonga 5-mundial eshiklarini ochadimi? Bir qadam tashlansa bas

U-20 Osiyo kubogi guruh bosqichi yakunlariga ko'ra O'zbekiston chorak finalda Avstraliya bilan to'qnash keladigan bo'ldi.

To'g'ri raqib kuchli, jismonan baquvvat futbolchilarga ega. Ammo aynan shu yosh toifasida avval ham 3 marotaba uchrashganimizni, ularning hech birida "kengurular" bizni enga olmaganini ko'rishimiz mumkin. Quyida ushbu uchrashuvlarning natijalari bilan tanishamiz. 

OFKga o'tganiga endigina 2 yil to'lgan Avstraliya 2008 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogida guruh bosqichida ro'baro' kelgan. Musobaqada yorqin o'yin ko'rsatgan SHerzod Karimov 37-daqiqada hisobni ochgan, 48-daqiqada  Jeyms Rodney hisobni tenglashtirgan. O'zbekiston yakunda finalgacha etib borgan, Avstraliya yarim finalda BAAga 0:3 hisobida engilgan. 


2008 yil. Saudiya Arabistoni. 

"D" guruhi. 2-tur. 

O'zbekiston - Avstraliya 1:1

Gollar: SHerzod Karimov 37 - Jeyms Rodney 48

O'zbekiston: Doniyor Usmonov, SHerzod Azamov, Dilyorbek Irmatov, Murod Xolmuhammedov, Islom To'xtaxo'jaev, Oybek Qilichev, Fozil Musaev, Sunnatilla Mamadaliev, Jasur Hasanov, SHerzodbek Karimov, Kenja To'raev

U-20 toifasida Avstraliya bilan yo'llarimiz 2014 yil Myanmar mezbonligidagi Osiyo kubogining guruh bosqichida kesishgan. O'shanda aynan hozirgi Ravshan Xaydarov boshqargan terma jamoamiz guruh bosqichining so'nggi turida "yashil" qita vakillari bilan to'qnashgan. 66-daqiqada Stefan Mauk jamoasini oldinga olib chiqadi, onlayn jadvalda Avstraliyada 7, O'zbekistonda  4 ochko. Lekin umidni so'ndirmagan terma jamoamiz 82-daqiqada Zabihillo O'rinboevning goli evaziga muvozanatni tiklaydi. Yakunda O'zbekiston 5 ochko bilan to'plar nisbatiga ko'ra guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqadi, Avstraliya esa uyiga ravona bo'ladi. 

2014 yil. Myanmar. 

"B" guruhi. 3-tur. 

O'zbekiston - Avstraliya 1:1

Gollar: Zabihillo O'rinboev 82 - Stefan Mauk

O'zbekiston: Dilshod Hamroev, Akramjon Komilov, Ibrohim Abdullaev, Dostonbek Tursunov, Xurshid G'iyosov, Javohir Sohibov, Jamshid Boltaboev, Otabek SHukurov, Eldor SHomurodov, Dostobek Hamdamov, Zabixillo O'rinboev

Avstraliya bilan yoshlar miqyosidagi oxirgi bahs 2016 yil Baxraynda bo'lib o'tgan U-19 Osiyo kubogida kechgan. Jasur Abduraimov ustozlik qilgan terma jamoa "D" guruhida ikkinchi turdagi bahsda hamyurtlarimizning qo'li baland kelgan, 3:2. Gollarga Bobir Abdixoliqov, Doston Ibragimov (2ta) mualliflik qilgan. 

2016 yil. Baxrayn. 

"D" guruhi. 2-tur. 

Avstraliya - O'zbekiston 2:3

Gollar: Yulley Liam 63, Jorj Blakvud 90+3  - Bobir Abdixoliqov 29, Doston Ibragimov 40, 46

O'zbekiston: Umidjon Hamroev, Xojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Xushnudbek Avilov, Azizjon G'aniev, Jasurbek Yaxshiboev, Bobir Abdixoliqov, SHarof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Jamshid Yusupov, Doston Ibragimov

SHu kungacha Avstraliyaga qarshi maydonga chiqqan yoshlarimiz 2 bor durang, 1 bor g'alaba qozongan. Ertangi g'alaba bu yoqimli ananani davom ettiribgina qolmay, O'zbekiston uchun beshinchi marotaba kichik mundial eshiklarini ochadi. Qizig'i shuki, O'zbekiston U-20 Jahon chempionatida oxirgi marotaba 2015 yil Ravshan Haydarov boshchiligida qatnashgan. Murabbiy bu ishni yana bir bor uddalashi talab etiladi. Barcha narsa bor. Hamyurtlarimizga mashaqqatli vazifada omad tilab qolamiz. 

Malumot uchun, O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvi 11 mart kuni 19:00da "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика