So’nggi yangiliklar

06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  4 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0

Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan Manuel Yancer Germaniya chempioni bo'lgan klubga o'tdi Yangiliklar

Kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan Manuel Yancer Germaniya chempioni bo'lgan klubga o'tdi

26 yoshli Manuel Yancer Germaniyada o'z klubini o'zgartirdi.

Transfer oynasining so'nggi kunida u Germaniya 3-Bundesligasida ishtirok etadigan Braunshveygning "Ayntraxt" klubiga o'tdi.

60-70 yillarda ushbu klub Germaniyaning eng kuchli klublaridan biri edi. 1967 yilda "Ayntraxt" Germaniya chempioni bo'lgandi. Bugungi kunda ham klub juda mashhur. Biroq "Ayntraxt" bu mavsumni omadsiz tarzda boshladi va hozircha 3-Bundesligada so'nggi o'rinda bormoqda.

Yancer mazkur klub bilan 2020 yilga qadar shartnoma tuzdi.

"Braunshveyg juda ham futbol shahri. Bu erga jamoaga yordam berish uchun keldim. Ha hozir klub so'nggi o'rinda, ammo men 3 ligani juda yaxshi bilaman. Bu erda jamoalar ko'p bor pastga qulashadi va yuqoriga ko'tarilishadi. Ikkita o'yinda g'alaba qozonilsa musobaqa jadvali tepasida paydo bo'lasiz. "Xolshtayn Kil"ga yangi murabbiy keldi va mening xizmatlarimga ehtiyoj sezmayotganini aytdi. Mening klub bilan 2019 yilga qadar shartnomam bor edi. Bir qator klublardan takliflarga ega edim, ulardan biri Kotbusdan edi. Ammo Braunshveygdagilar meni kelishimni ko'proq xohlashdi. Yangi klubga imkon qadar tezroq qo'shilib ketishni istayman. Jamoamga 100 foiz ishonaman, buni ilk mashg'ulotlardanoq sezdim. Yaqin haftalar ichida buni barchaga isbotlashimiz kerak", - deydi Yancer.

Malumot uchun, Manuel Yancerning otasi tomondan qarindoshlari O'zbekistonda tug'ilgan.  


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика