Akanji "Manchester Siti"ni London klubiga almashtirishi mumkin
31 avg 13:35
Yangiliklar
Akanji "Manchester Siti"ni London klubiga almashtirishi mumkin
Huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli bo'lgan shveycariyalik himoyachi Manuel Akanji boshqa ingliz klubiga yo'l olishi mumkin.
30 yoshli futbolchini Londonning "Tottenxem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Shporlar" futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi. Shuningdek, unga "Milan" va "Kristal Pelas" ham qiziqish bildirmoqda.
Manuel "shaharliklar" bilan 2027 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlari bilan bog'langan. Uning bozor narxi 28 million evroni tashkil etadi.
Shveycariyalik "Manchester Siti" safida 136 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar