So’nggi yangiliklar

22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  0 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  3 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  2 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  55 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  33 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2

Kechagi kun Ronalduga bag'ishlandi: O'yindan oldin uning gadjeti, bahsdan keyin esa futbolchining xet-triki muhokama qilindi Yangiliklar

Kechagi kun Ronalduga bag'ishlandi: O'yindan oldin uning gadjeti, bahsdan keyin esa futbolchining xet-triki muhokama qilindi

Krishtianu Ronaldu 2020 yilni juda yaxshi kayfiyatda boshladi.

"Kalyari" "Yuventus"ga qarshi bahsda bitta taym darvozasini quruq saqladi, ammo tanaffusdan so'ng Ronaldu ishga kirishdi.


49-daqiqada u himoyachidan to'pni olib qo'yib, darvozabonni aldab o'tdi va hisobni ochdi. 18-daqiqadan so'ng Krish Dibala ishlagan penaltini golga aylantirdi, yana bir daqiqa o'tib portugaliyalik xet-trikni nishonladi.


4:0 - "Yuventus"ning joriy mavsumdagi eng yirik g'alabasi. "Keksa sinora" 45 ochko bilan A Seriya jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ammo "Inter" uch ochko orqada va ularning zaxirasida bitta o'yin bor. 29 ochko to'plagan "Kalyari" 6-o'rinni band qilgan.

Kechagi o'yin haqida bir nechta qiziq malumot:

- Ronaldu faoliyatidagi 56-xet-trikni qayd etdi. Portugaliyalik bu ko'rsatkich bo'yicha Messidan (53ta) yaxshigina uzoqlashib oldi.


- Ronaldu top-5 chempionatlardagi 36-xet-trikini (LaLigada 34ta, Angliya va Italiyada 1tadan) nishonladi. Bu erda ham portugaliyalik Messidan (35ta) oldinda.


- Krish A Seriyada xet-trikga erishgan birinchi portugaliyalik futbolchiga aylandi.


- Bu Ronalduning A Seriyadagi dastlabki xet-triki.


- Krish Italiya chempionatining so'nggi 5ta uchrashuvida 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


- Portugaliyalik so'nggi 18 yil davomida (2003-2020) Evropaning top-5 chempionatlarida gol ura olgan yagona futbolchi bo'lib turibdi.


- A Seriya - Ronaldu xet-trik qayd etgan 10-turnir.


- Krishtianu joriy mavsum A Seriyaning 15ta uchrashuvida 13ta gol urishga erishdi.


Ananaga ko'ra, Ronaldu maydondan tashqarida ham diqqatni o'ziga tortmoqda. O'tgan haftada portugaliyalikning bir qo'lidagi 800 ming dollarlik soati va zargarlik buyumlarini muhokama qilgandik.


Krish yana porladi. "Kalyari" o'yindan oldin galstukiga iPod Shuffle gadjetini qistirib olgan edi.

Bunday pleer 2005 yil sotuvga chiqarilgan, o'sha yili Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini boshlagan edi. Bu haftada (11 yanvar kuni) iPod Shuffle 15 yoshga to'ladi.


Apple 2017 yilda ushbu modelni ishlab chiqarishni to'xtatgan, ammo bu gadjetni yaxshi ko'radiganlar hali ham oramizda mavjud. eBay internet do'konida ushbu pleer 20 dollar atrofida sotuvga qo'yilgan. Apple 2010 yilda Shuffle uskunasini yangilashni to'xtatdi.


"SHaffl"ning bunday muxlisi borligini kim ham bilibdi deysiz


Ijtimoiy tarmoqlarda pleer haqida muhokamalar boshlanib ketdi:

- "Multimillioner Ronaldu iPod Shuffle va Apple kompaniyasining standart quloqchinlaridan foydalanmoqda, chunki bu gadjetlar hali ham ishlayapti, siz esa yangi iPhone va AirPods larni ko'tarib olib, boshqalarga maqtanishni xohlaysiz".


- "Krishtianu hali ham iPod Shuffle dan foydalangani menga yoqdi, chunki o'zim ham hozirgacha ushbu gadjetni ishlatib yuraman".


- "Buyumlar modaga to'g'ri kelmay qolsa, ulardan shunchaki voz kechib bo'lmaydi".


- "Krishtianu Ronaldu 2020 yilda iPod Shuffle dan foydalanib, qalbimga iliqlik olib kirdi".


- "Yigit bir kun 500 000 dollarlik Rolex taqqan bo'lsa, keyingisida iPod Shuffle dan foydalanyapti".

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика