Karvaxal "Barselona" futbolchisini maqtadi
17 okt 2023 12:44
Yangiliklar
Karvaxal "Barselona" futbolchisini maqtadi
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal o'zining vatandoshi va "Barselona"dagi raqibi Gavi haqida fikrlarini bildirdi.
"Unga baho berish oson, chunki u marvarid. 19 yoshida ham "Barselona"da, ham terma jamoada o'ynayapti. Bunga qo'shimcha qo'shishni hojati yo'q. U o'z mehnati bilan bunga loyiq edi, unga hech kim hech narsa sovg'a qilmadi. Agar u terma jamoada qolsa, bu faqat yaxshi o'yini uchungina bo'ladi", – dedi Dani Karvaxal.
Eslatib o'tamiz, Gavining goli Ispaniya terma jamoasiga mehmonda Norvegiya ustidan g'alaba keltirdi. "Qizil furiya" SHotlandiya terma jamoasi bilan birgalikda Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
00:12
Mikel Arteta: "Barselona" "Nyukasl" bilan o'yinda Ispaniyadagi kabi 1000 ta pas o'ynay olmadi" 21
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar