So’nggi yangiliklar

10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  0 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  0 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  1 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10

Karlush Keyrush: O'zbekistonga qarshi o'yin biz uchun xuddi JCH finalidek bo'ladi Yangiliklar

Karlush Keyrush: O'zbekistonga qarshi o'yin biz uchun xuddi JCH finalidek bo'ladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida Eron termasiga qarshi ro'baro keladi.

Eron terma jamoasi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Avstriyada tayyorgalik ko'rmoqda. Eronliklar ustozi Karlush Keyrush Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida bo'lajak bahs olididan o'z firklarini yozib qoldirdi.

“Avstriyadagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inida ekanmiz, o'z-o'zimizga bir savol berish vaqti keldi: O'zbekistonga qarshi JCH saralash o'yini oldidan fidoyilik yoki qoniqish hosil qilishmiz kerakmi? Boshqacha qilib aytadigan bo'lsam, O'zbekistonga qarshi bellashuvda kiritiladigan 3 ochko JCH yo'llanmasi uchun  “match-point” bo'ladi.

O'zbekistonga qarshi o'yin biz uchun xuddi JCH finalidek bo'ladi. Har doim aytib kelganim kabi, biz o'zimizning Jahon chempionatimizni o'ynayapmiz! O'zbekiston bilan o'yin eng qiyini va  muhimi bo'libgina qolmay, jamoa sifatida kuchimizni ko'rsatishga katta imkoniyat beradi. Bo'lajak o'yindan qoniqish hosil qilish emas, har bir daqiqa va har bir lahzada to'liq burch, to'liq etibor, to'liq professionallikni ko'rsatishimiz kerak.

Bundan kami bizni qoniqtirmaydi, chunki muvaffaqiyat osonlik bilan kelmaydi. Jamoaning har bir futbolchisi, har bir xodimi va saralash bosqichi uchun masul bo'lgan har bir inson borini berishi va fidoyilik qilishi lozim”, – dedi Karlush Keyrush.

Malumot uchun, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 13 ochko jamg'argan Janubiy Koreya ikkinchi pog'onada bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o'rinni band qilgan. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar termalari egallagan.


Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика