So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Karlush Keyrush: "Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"

"CAFA Nations Cup-2025" "A" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Karlush Keyrush matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda bugun yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Bugungi uchrashuvdan ko'plab xulosalar chiqaramiz. O'zbekiston JCHga chiqqan jamoa va bunday raqibga qarshi o'ynash juda foydali. Bugungi bahs bizga o'sishga yordam beradi. Biz faqatgina natija va g'alaba uchun o'ynashimiz kerak. Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"

- O'mon terma jamoasi oktyabr oyida JCH saralashining so'nggi ikki bahsida ishtirok etadi. Hozir esa jamoa CAFA musobaqasida ishtirok etmoqda va guruh bosqichidayoq uchta o'yin o'tkazadi. Ushbu FIFA kunlaridan so'ng esa O'mon chempionatida yana uchta tur o'tkaziladi va undan so'ng oktyabr oyidagi FIFA kunlari. Bunday zich taqvim jamoaning zarariga ishlashi mumkinmi? Masalan, CAFA musobaqasidagi kamida uchta o'yindan ko'ra, O'mon ikkita o'rtoqlik o'yinida ishtirok etib qo'ygani yaxshi emasmidi?

- Bunday variant ham yaxshi edi, ammo men terma jamoaga kelgan vaqtim CAFA musobaqasidagi ishtirok aniq bo'lib ulgurgan edi. Bu rejani menga berishdi, men qabul qilganim yo'q. Shuning uchun, shunchaki futbol o'ynaylik va rohatlanaylik. Biz bu erga uchta o'yinda emas, to'rtta o'yinda ishtirok etish uchun kelganmiz. Terma jamoadagi yosh futbolchilarga imkon qadar xalqaro tajriba berish mening maqsadim. Olti nafar asosiy futbolchimiz bugungi uchrashuvda ishtirok etmadi, ikkitasida jarohat bor. Ikki nafar futbolchini yoshlar terma jamoasidan jalb etdik. Bunday o'yinlar futbolchilarga o'sish uchun yordam beradi. Bunday holatdan noligandan ko'ra, vaziyatni qabul qilish kerak. Bor imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.



- Karlush Keyrush faoliyati davomida besh marotaba Toshkentga kelgan. Bugungi durangni hisobga olmasak, qolgan barcha uchrashuvlarda Keyrush jamoalari O'zbekistonni mag'lub etgan. Bunday statistikaning siri nimada? Keyrush O'zbekistonga qarshi yaxshi o'ynay olishining sirichi?

- Men O'zbekistonga hech qachon yutqazmaganman, lekin O'zbekistonni juda yaxshi ko'raman. Sizlarni yana bir marotaba JCHga chiqqanlaringiz bilan tabriklayman. Murabbiy sifatidagi mening asosiy ishim - g'alaba qozonish. Bugun maydonda ikki hil futbol uslubinin ko'rdik. O'zbekiston ko'proq ochiq futbol namoyish etsa, biz ko'proq vertikal futbol o'ynadik. Maydonda nima bo'lishidan qati nazar, maqsad g'alaba qozonish edi. Futbolchilar maydonda kurashishdi va jang qilishdi. Biz bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi, ammo biroz omadimiz kelmadi.

- Bugun, O'mon terma jamoasinig o'yini menga yorqinroq ko'rindi. O'mon futbol federaciyasi sizga aniq bir vazifa yuklatdimi?

- Maqsadimiz - Jahon chempionatiga chiqish. Biz O'zbekiston bilan birga Jahon chempionatida ishtirok etmoqchimiz. Yigitlarim bugun namoyish etgan ishtiyoq meni xursand qildi. Biz keyingi oy Qatar va BAAga qarshi o'ynaymiz. Ustiga-ustak Qatar maydonida. Aynan Qatar maydonida. O'sha sanalarga dunyoda barcha stadionlar band bo'lar ekan va biz shuning uchun Qatarda o'yin o'tkazamiz. Qatarga qarshi Qatarda o'ynaymiz. Ular shunday qaror qilishdi. Biz ushbu uchrashuvlarga tayyor bo'lib borishimiz kerak, ayniqsa ruhiy jihatdan.

- O'mon xalqi uchun Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish nimani anglatadi deb o'ylaysiz?

- Orzuning amalga oshishi. Bu bizning oldimizga qo'yilgan jiddiy chaqiruv, lekin to'p harakat to'xtamaydi. Hisob esa 0:0. O'yin yakunlanganiga qadar bizda imkoniyat bo'ladi. Shuningdek, O'mon muxlislari ko'plab safar uchrashuvlariga borishadi. Agar O'mon JCHGa chiqsa, minglab muxlislar AQSHga boradi. 

- Agar O'mon bilan mundialga chiqa olsam, bu mening beshinchi mundialim bo'ladi. Besh terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqqan birinchi murabbiy men bo'laman. Bora Milutinovich AQSH bilan saralashda ishtirok etmagan. Shuning uchun men rekordchi bo'lishga imkoniyatim bor. Agar ushbu natijaga erishsam, O'mon poytaxti Muskat shahridan Nyu-Yorkgacha suzib boraman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика