So’nggi yangiliklar

15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  2 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  8 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6

Karlo Anchelotti: "Xavotirdaman, muammolarimiz individual emas - jamoaviy" Yangiliklar

Karlo Anchelotti: "Xavotirdaman, muammolarimiz individual emas - jamoaviy"

Karlo Anchelotti "Milan"ga imkoniyat boy berilgach, "Real" muammolari haqida gapirdi.

Madrid jamoasi (1:3) ECHL guruh bosqich 4-turida o'z uyida mag'lubiyatga uchradi. Takidlash lozim, 2022/23-yilgi mavsumdan buyon ilk marta "Real" qatorasiga 2 ta o'yinda mag'lub bo'ldi.

– Siz nimadandir xavotirdamisiz?
– CHindan ham xavotir olish uchun asoslar etarli, chunki oxirgi uchrashuvlarda jamoa yaxshi o'yin namoyish etmayapti. Qatiyat etishmayotgnadek. Aynan shuning ustida ishlashimiz zarur.

– "Real" oxirgi 3 ta o'yinda 9 ta gol o'tkazib yubordi...
– Gap shundaki, biz yomon himoyalanyapmiz, o'yinimizda jamoaviy jipslik ko'rinmayapti. Tartibliroq o'yin ko'rsatishimiz zarur.

– Tanaffusda iz Valverde va Tchuamenini alishtirishga qaror qildingiz. Futbolchilarda qandaydir muammo bormi yoki bu taktik o'zgarish bilan bog'liqmi?
– Valverde 100%ga tayyor emasdi, u belida og'riq his qilmoqda. Kecha u ortiqcha muammolarsiz mashg'ulotda ishtirok etdi, lekin birinchi bo'limda og'riq his qildi va biz uni alishtirishga qaror qildik.

– Tchuameni bo'yicha vaziyat qanday? "Bernabeu"dagi hushtakbozlik unga tasir qilishi mumkinmi?
– Emocional jihatdan – yo'q. Hozirgi holatimiz – individual emas, jamoaviy muammo. Endi yanada qiyinroq bo'ladi. Keyingi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonishimiz talab etiladi.

– Oldinda "Liverpul" va "Atalanta"ga qiyin safarlar kutib turibdi
– Biz bugungi kun haqida o'ylashimiz kerak. Jamoamiz o'zining eng yaxshi variantini ko'rsata olmayapti – barcha sovrinlar uchun kurashmoqchi bo'lsak eng yaxshi holatimizni topishimiz kerak, – dedi "Real" ustozi "Movistar"ga bergan intervyusida.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика