Kapello Gvardiola haqida: “Endi hech qanday bahona o'tmaydi”
12 avg 2022 09:50
Yangiliklar
Kapello Gvardiola haqida: “Endi hech qanday bahona o'tmaydi”
Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello “Manchester Siti”ning CHempionlar Ligasi yangi mavsumidagi imkoniyatlariga to'xtaldi.
“Agar mendan bu yil CHempionlar ligasi favoritini tanlashimni so'rasangiz, shubhasiz, “Manchester Siti”ni aytardim. Ular Xolandni olib kelishdi, Erling hujumda rang-baranglik olib keladi va ularga ko'proq gol urishga ko'maklashadi.
Pep Gvardiolada endi CHempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchrash uchun hech qanday bahona yo'q. U sovrinni yutishi kerak”, deydi Kapello.
Avvalroq, ECHL 2022/23 mavsum qurasi oldidan “Siti” 1-savatchadan o'rin olishi haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar