So’nggi yangiliklar

09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  3 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  6 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  14 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7

Kanyuk, Griffits va "Nasaf" afsonasi qaerda? Yangiliklar

Kanyuk, Griffits va "Nasaf" afsonasi qaerda?

Oliy liga, aniqrog'i bo'lajak superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni qizg'in olib borishmoqda.

OCHLda o'ynaydigan uchala klublarimiz ham ayni paytda xorijda yig'in o'tkazmoqda. Qolgan jamoalar esa Toshkentda yoki o'z qarorgohlarida taraddud ko'rishmoqda.

"Nasaf" jamoasi ayni paytda Turkiyaning Belek shahrida shug'ullanmoqda. Ro'ziqul Berdiev Turkiyadagi yig'inga jami 23 nafar futbolchi bilan ketgani haqida klub rasmiy sayti xabar bergandi.

Jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan futbolchilar borasida ham rasmiy saytda malumotlar chop etildi. Lekin qiziq tomoni shundaki, "Nasaf" rasmiy sayti jamoani rasman tark etgan futbolchilar haqida lom-lim degani yo'q. Masalan hozirga qadar jamoani Akmal SHorahmedov, Farruh Sayfiev, Bahrom Abduraximov, Dilshod Rahmatullaev, Saydullo Rahmatov hamda Maqsud Karimov singari futbolchilar tark etishdi. Lekin klub bu haqda negadir sukut saqlamoqda. Har qanday jamoaning asosiy tarkibidagi istalgan futbolchisi tark etsa bu haqda klub rasman elon qiladi va kamiga o'sha futbolchilarning xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

"Nasaf" matbuot xizmati uchun namuna:

“Lokomotiv”ni 3 nafar futbolchi tark etdi

SHerzod Fayziev “Lokomotiv” bilan xayrlashdi

Sohibov, Tolipov va Nurmatov "Paxtakor"ni tark etdi

"Paxtakor" SHipilov, Sergeev va Karimovga omad tilaydi

Ammo "Nasaf" hozircha "ajdarlar" uchun 10 yildan ortiq mehnati singan futbolchisi, jamoa afsonasiga aylangan himoyachisi Maqsud Karimov haqida yozishdi unutgan ko'rinadi.

Nega? Yoki "Nasaf"dan ketgan futbolchilar Qarshi jamoasi uchun darhol begonaga aylanadimi? SHuncha yil qilgan xizmatlari unutiladimi?

Yaqinda "Nasaf" sport direktori Vitaliy Ni "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida jamoadan ketgan futbolchilar to'g'risida shunday degandi: "Futbolchiga yaxshi taklif kelganida uning oldida ikkita yo'l qoladi: Sadoqat va pul. Ular ushbu ikkita yo'ldan o'zlariga maqulini tanlashdi", - deya gapirib o'tgandi.

Keyinchalik esa "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jamoadan ketgan futbolchilarni klubga sadoqatsizlik qildi, deb hisoblamasligini bildirdi va ular qiyin pallalarda ham jamoa sharafini himoya qilishganini eslatib o'tdi.

Kuni kecha esa "Nasaf" menejeri SHamil Yarulin ham shu vaqtga qadar jamoa sharafini himoya qilib kelgan, yutuqlarga o'z hissasini qo'shgan futbolchilarni hurmat qilish kerakligini takidlagandi. SHuningdek, Yarulin ketgan futbolchilarni "Nasaf" libosida payti olqishlab, jamoadan ketgach ularni haqoratlashlarini qoraladi.

Bu albatta to'g'ri fikr. Endi qiziq savol tug'iladi, nega unda ketgan futbolchilarni hurmatini joyiga qo'yish kerakligini PFL rasmiy saytidagi intervyu chog'ida takror takidlayotgan menejer, klub rasmiy saytida ular haqida xabar chop etishni matbuot xizmatidan so'ramayapti? Yoki talab qilmayapti?

Ilhom SHomurodov ham shuncha yil "Nasaf" uchun jon kuydirib o'ynagandi. Lekin jarohati sabab futboldan uzoqlashgan hujumchi mana 1 yildan oshdi "Nasaf" bilan birga emas. Lekin "Nasaf" klubi bu sobiq hujumchisi jamoadan ketgani yoki hozirgi holati borasida hech qanday rasmiy xabar bermagandi.

Endi "Paxtakor"dagi legionerlar Gidi Kanyuk va Rostin Griffits haqida. "SHerlar" Turkiyada hozirga qadar ikkita nazorat bellashuvi o'tkazishdi. Bu o'yinlarda "Paxtakor" rasmiy saytida elon qilingan tarkibga ko'ra, Griffits va Kanyuk yo'q.

SHota Arveladze Turkiyadagi yig'inga olib ketgan futbolchilar ro'yxatida esa Kanyuk va Griffits nomlari yozilgandi. Bu futbolchilar ayni paytda jamoa bilan birgami-yo'qmi nomalum. CHunki bu futbolchilar haqida hech qanday xabar chiqqani yo'q. Balki jarohatlari sabab ular nazorat uchrashuvlarida ishtirok etishmagandir. Lekin shunisi aniqki, bu futbolchilarning taqdiri yoki hozirgi holati borasida "Paxtakor" matbuot xizmati jim.

Yig'in davomida SHota Arveladzening fikrlari klub rasmiy saytida elon qilindi. Murabbiy ham Kanyuk va Griffits borasida hech nima demagan.
Endi o'rinli savol tug'iladi, balki "Paxtakor" bu legionerlar xizmatidan voz kechdimi?
Bu borada "Paxtakor" matbuot xizmati alohida xabar chop etishini kutamiz.

SHuningdek, Turkiyadagi yig'inda "Paxtakor" safida jamoaning sobiq himoyachisi Egor Krimec ishtirok etmoqda. Bu haqda klubning telegramdagi rasmiy kanalida qo'yilgan surat orqali xabar topdik.

Qizig'i, "Paxtakor" Egor Krimec jamoa bilan birga shug'ullanayotganini ham elon qilgani yo'q. Balki shartnoma imzolanmagandir, ammo ko'rikda o'tayotgani haqida ham hech qanday malumot chop etilmadi.

Umid qilamizki, tez orada bu borada ham "Paxtakor" aniq axborot beradi. Har holda yaqin kunlarda jamoa OCHL doirasida muhim o'yinni o'tkazadi. Jamoadagi holat, o'zgarishlar juda ko'pchilikni, xususan jamoa muxlislarini ham qiziqtirishi aniq.

OCHLdagi startini guruh bosqichidan boshlaydigan O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" ham yangi mavsumga tayyorgarlikni xorijda, aniqrog'i BAAda olib bormoqda.

Klub rasmiy sayti xabarlarida yig'in davomida bo'lajak raqiblar kim bo'lishi elon qilindi. Ammo jamoa BAAga qanday tarkibda yo'l olgani, murabbiylar shtabi va yoki futbolchilar ro'yxati yozilmadi. CHempion jamoa sirli tarkibda xorijga yo'l olgan ko'rinadi. Jamoa ko'rigida yangi futbolchilar, legionerlar qo'shilgani haqida o'sha futbolchilarning sobiq jamoalari elon qilmoqda. Lekin "Lokomotiv" rasmiy sayti jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilar haqida malumot berishga shoshilmayapti.

SHuningdek, "temiryo'lchilar" bilan birgalikda amirliklardagi yig'inda "Paxtakor"ning sobiq vingeri SHerzod Karimov qatnashmoqda. "Lokomotiv"ning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida jamoa futbolchisi Ikrom Aliboevni tug'ilgani kuni bilan butun kollektiv tabriklagani aks etgan fotosurat chop etildi. U erda esa SHerzod Karimov ham bor.

"Lokomotiv" matbuot xizmati tez orada BAAdagi yig'inda jamoa qanday tarkib bilan shug'ullanayotgani haqida axborot berishini kutib qolamiz.

Bu bilan faqat matbuot xizmati vakillarini qoralamoqchi emasman. Balki ular jamoa bilan birga yig'inga olib ketilganida bu kabi savollar yuzaga kelmasmidi, kim biladi deysiz.


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика