Kanselu: "Juda yomon o'ynadim"
24 sen 2023 15:13
Yangiliklar
Kanselu: "Juda yomon o'ynadim"
"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu LaLiga doirasida "Selta"ga qarshi o'yinidan mamnun bo'lmaganini aytdi.
"Juda yomon o'yin o'tkazdim, ko'p xato qildim, ammo yakuniy hisob uchun oxirigacha kurasha oldik. 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar talaygina. Hatto yomon o'ynayotgan vaqtda ham 3 ochko kerak bo'ladi. "Selta" himoyada zo'r o'ynadi, bu esa bizga muammolar taqdim qildi. Biz esa sabr qildik va yakunda g'alabaga erishdik.
O'zimni yo'qotib qo'ydim, ko'plab texnik braklar qildim. Hali qo'shish, rivojlanish kerak. Agarda yaxshi o'yin namoyish qilsam, klubdagilar meni sotib olishga harakat qiladi. Yaxshi o'ynamasam, ortimga qaytaman. Qadam va qadam oldinga harakatlanish kerak", - dedi Kanselu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar