Kanselu bir yo'la ikki ligada chempion bo'ldi
28 may 2023 14:25
Yangiliklar
Kanselu bir yo'la ikki ligada chempion bo'ldi
Kecha "Bavariya" Bundesliganing so'nggi turida "Keln"ni mag'lub etdi.
SHu orqali myunxenliklar o'z tarixidagi 33-chempionligini nishonladi.
Etiborli tomoni shundaki, "Bavariya" tarkibida ijarada o'ynagan Joau Kanselu bir yo'la ikki ligada chempion bo'ldi.
"Bavariya" bilan Bundesligada va "Manchester Siti" bilan APLda. Portugaliyalik futbolchiga APL medallari ham taqdim qilinadi.
Kanselu ushbu mavsumning birinchi qismida "shaharliklar" tarkibida 17 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etgan bo'lsa, Myunxenda ijara asosida harakat qilgan futbolchi 15 o'yinda 1 gol va 4 assist muallifi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar