So’nggi yangiliklar

18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  0 18:00CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  3 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  39 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6

Kanchelskis Namangan hokimi va "Navbahor" muxlislari haqida gapirdi Yangiliklar

Kanchelskis Namangan hokimi va "Navbahor" muxlislari haqida gapirdi

"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Match TV"ga katta intervyu berdi.

Ushbu intervyudan muxlislarimizga qiziq bo'lgan parchalarni etiboringizga havola qilamiz.


- Siz iyungacha ishlagan "Navbahor" qanday klub?

- Aholi soni bo'yicha O'zbekistonda ikkinchi bo'lgan Namanganning klubi. O'tgan mavsum 14 yil ichida ilk marotaba medal yutibsizlar, uchinchi o'rin. Rahbarlarning maqsadlari katta, ammo infratuzilma yaxshi emas. Jamoaga kelganimda stadion chimi dabdala edi. Mendan oldin ishlaganlar raqib kombinaciya uyushtirmasligi uchun o'yindan oldin chimga tegmasliklarini so'ragan. Keyin yangi chim yotqizishdi.

- SHahar kattami?

- SHunday desa ham bo'ladi. Bu Farg'ona vodiysi, Namanganda futboldan boshqa deyarli hech narsa yo'q. Stadionga ko'p muxlis keladi, etakchilarga qarshi bahslarda 20 mingdan ortiq ishqiboz yig'ilardi.

- Jamoaga kelganingizda, "Navbahor"dagi futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatish imkonini berganmi?

- Bori bilan ishlaganman. Bazilari ketdi, xohlaganimiz bo'lmasada boshqalar keldi. Avvaliga kelishuv quyidagicha edi: "Paxtakor"dan 9 ochko va undan ko'p ortda qolsak klub qolgan maoshimni to'lab, shartnomani buzishi mumkin edi. Birinchi davradagi so'nggi to'qqizta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagan bo'lsakda shunday qaror qabul qilindi.

- "Navbahor"ga kim homiylik qiladi?

- Hokim, bizni tilda gubernator.

Futbol uchun qayg'uradi, ammo uning boshqa narsalardan havotir oladigan maslahatchilar bor. "Navbahor" - puli ko'p "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" emas, biroq xalq jamoasi. Muxlislar jamoani yaxshi ko'rishadi, ammo ular juda qiziqqon, vaqti kelsa toshbo'ron qilishlari mumkin. Hech qaysi murabbiy Namanganni yaxshilikcha tark etmagan, u erda talab katta. Men nolisam gunoh bo'lar, kaminani qo'llarida olib yurishdi desam adashmagan bo'laman. Yuqori natijaga erishmadim, ammo kuchli jamoalarga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik, mehmonda g'alaba qozonishni boshladik.

- Sizgacha mehmonda g'alaba bo'lmaganmi?

- Mehmonda bor-yo'g'i 2 ochko to'plangan mavsum bo'lgan. Nega bundayligini o'zingiz tushunishga urinib ko'ring.

- Sizni tushunmadim?

- Noto'g'ri futbol (kelishilgan o'yin) o'ynashgan. Keyin murabbiyga (Ilhom Mo'minjonov) olti ming dollar jarima solinib, 5 yilga futboldan chetlatildi.

- O'zbekistondagi hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Sovet Ittifoqi mamlakatidan chiqib yana shu erga kelgandek bo'ldim. Ammo Ravshan Ermatov federaciya rahbariga aylanganidan so'ng vaziyat o'zgara boshladi.


- O'z vaqtida Ziko, Skolari va Rivaldo ishlagan "Bunyodkor" hozir qanday ahvolda?

- Katta pullar tugadi. Ammo akademiya ishlayapti, jamoaning yoshlari yaxshi.

- Kim pul berib turgan?

- O'sha erda hamma taniydigan boy inson. U rahbarlik qilgan paytlarda xatto mag'lubiyat uchun mukofot pullari berilgan.

- O'zbek futbolida baqir-chaqirlar bo'lib turadimi?

- Bazida. Hokim qo'ng'iroq qilib biror futbolchini tushirishimni aytishi yoki hisobni buyurtma qilishi mumkin edi. Masalan, "Bugun 3:0 hisobida yutishimiz kerak". Xuddi 1:0 g'alaba emasdek. Men bunday qo'ng'iroqlar bilan bezovta qilishmasliklarini so'raganman. Boshida u kiynish xonasiga kirib, hammaga baqirib qolardi: "Bu nima futbol?!" Bir kuni birinchi bo'limda hisob 0:0 bo'ldi, ikkinchisida - 3:0. Uning aytishicha, tanaffusda baqirgani foyda bergan. Keyin u bilan alohida suhbatlashdim va g'azabda hammaga baqirmay, o'yindan bir kun o'tib futbolchi bilan tinchgina gaplashishni maslahat berdim. Bir-birimizni tushundik, hammasi normallashdi. Hokim Namangan futboli uchun ko'p ishlarni qilgan, ammo uning maslahatchilari...

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика