Kanada termasi bosh murabbiyi: "Maqsad qo'rqmasdan o'ynash va birinchi bo'lib gol urish edi"
24 noy 2022 14:31
Yangiliklar
Kanada termasi bosh murabbiyi: "Maqsad qo'rqmasdan o'ynash va birinchi bo'lib gol urish edi"
"Bugun futbolchilarim haqli ravishda shu erda ekanliklarini ko'rsatishdi. Muxlislarimiz ham aql bovar qilmas darajada edi. Ular ko'p emasdi, lekin ular stadionni jonlantirishdi va biz futbol xalqi ekanligimizni ko'rdik. Maqsad qo'rqmasdan o'ynash va birinchi bo'lib gol urish edi. Rejamiz o'xshamadi, ammo boshqa o'yindagi durang evaziga pley-off taqdiri hamon ochiq.
Men futbolchilarim qilgan ishlaridan juda faxrlanaman. Birlashishda davom etishimiz va muvaffaqiyatga ishonishimiz kerak. Penaltilarga kelsak, Kanadaning birinchi goliga umid qilgandik. Men Alfonso bilan faxrlanaman, u masuliyatni o'z zimmasiga oldi, butun mamlakat bu birinchi golni kutayotgandi. Men uning jasoratli ekani bilan faxrlanaman. Bu uning oqshomi emasdi, lekin Kurtua ham yaxshi darvozabon", – dedi Herdman.
Belgiya 3 ochko jamg'arib, "F" guruhida peshqadamga aylandi. Undan keyingi o'rinlarda Marokash, Xorvatiya va Kanada yuribdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar