Fellayni Belgiya jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shildi
18 dek 19:56
Yangiliklar
Fellayni Belgiya jamoasi murabbiylar shtabiga qo'shildi
"Uning vazifasi murabbiylar shtabiga yordam berish va futbolchilar rivojiga hissa qo'shishdan iborat bo'ladi. Xususan, jamoa yarim himoyachilari uning boy o'yinchilik faoliyati davomida to'plangan shaxsiy tajribasiga asoslangan taktik maslahatlaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Maruan har kuni jamoada talabchanlik, qatiyat va natijaga yo'naltirilgan mentalitetni shakllantirish ustida ish olib boradi", – deyiladi klub bayonotida.
Futbolchi sifatida Fellayni "Standard", "Everton", "Manchester Yunayted" va "Shandun" jamoalarida to'p tepgan. "Qizil iblislar" safida u Angliya Kubogi va Superkubogi, Angliya Liga Kubogi, shuningdek, Evropa Ligasi g'olibi bo'lgan.
"Sharlerua" 18 turdan so'ng 20 ochko bilan Belgiya chempionati jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar