So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Kamronbek Kapadze: "Men o'z o'yinim bilan futbolda o'rnimni egallayman" Yangiliklar

Kamronbek Kapadze: "Men o'z o'yinim bilan futbolda o'rnimni egallayman"

Turkiyadan qaytib kelgan yoshlar terma jamoamiz himoyachisi Kamronbek Kapadze bilan qisqacha JCH-2013 haqida suhbatlashdik.
- Kamronbek, Turkiyadan yaxshi etib keldinglarmi?
- Ha, albatta . Hamma futbolchi ham o'zgacha taassurot bilan qaytib keldi. Kayfiyat alo darajada. Oxirgi o'yinda imkoniyatimizdan ozgina pastroq o'yin ko'rsatganimizni inobatga olmasak, barchasi ko'ngildagidek bo'ldi.

- Kamronbek, sizda kayfiyat qanday?

- Ochig'ini aytsam, men ham bazan internet orqali hamyurtlarimiz fikrlarini va maqolalarni o'qib boraman. SHundan keyin kayfiyatim qandayligini tushunib olavering. Men faqat va faqat o'zimga ishonaman. Boshqa narsa deya olmayman. Afsuski, men haqimda yozilgan ayrim fikrlar kayfiyatimni buzdi, lekin men bu fikrlar bilan to'xtab qolmayman. Etibor bermaslikka harakat qilaman, biroq bazan bunga majbur bo'lib qolaman. Men futbolda o'z o'yinim bilan o'rnimni egallayman. Kimgadir gapirib biron narsani isbotlamoqchi emasman. Faqat maydonda isbotlayman. Yana ikki yildan so'ng barcha savollarga javob beraman. Katta gapirish emas, lekin men to'xtamoqchi emasman. Agar kim meni o'yinimni ko'rmoqchi bo'lsa, "Bunyodkor"ning yoshlari safidagi uchrashuvlariga kelsin va o'yinimni ko'rsin. O'yinimga shundagina baho beradi. Undan tashqari, tarkibni na men, na tanishlar hal qiladi. Bosh murabbiy qanday qilib jahon chempionatiga tayyor bo'lmagan futbolchini olib ketishi mumkin? Axir ular javob beradiku natijaga.

- Garchi, shunday bo'lsa-da, barcha sizni baribir Temur Kapadze bilan birga ko'radi. Solishtirish va har bir holatda bunga duch kelaverish sizga og'irlik qilmaydimi?

- Bu tabiiy holat. Men futbolga o'zimning qiziqishim tufayli kirib kelganman. Hech qanday majburiyat evaziga emas. Menga akam faqat futbol o'ynashda kerakli ko'rsatmalarni beradi. Men boshqa holatda kimgadir suyanmayman.

- Turkiyaga ketish oldidan tarkib borasida ko'p munozarali mavzular ko'tarildi?

- Ha, albatta bilib turibman. Men bu narsalar haqida gapirishni istamayman. Xudo ko'rib turibdi, kim qanday yo'l qilganligini. Eng keraklisi, men bularga gapirib javob berishim kerak emas. O'ynayman, ko'rsin, fikr bildirsin. Boshqa gapim yo'q.

- Endi boshqa mavzuga o'tsak. Kamronbek, faoliyatingiz haqida ozgina aytib o'tsangiz?

- Men yoshligimdan futbol muhitida yashaganim uchun futbolga kirib keldim. Bundan besh yil oldin "Bunyodkor" akademiyasiga o'qishga kirdim va hozirda shu jamoadaman.

- Eshitishim bo'yicha "Neftchi"ga o'tadi degan fikrlar yuribdi. SHu haqida nima deya olasiz?

- Yo'q, bu hozircha aniq bo'lmagan gap. Agar menga qachon "Neftchi" dan taklif tushsa bajonudil "Neftchi" da o'ynagan bo'lar edim. Bu klubga hurmatim cheksiz.

- Aytmoqchi bo'lgan so'nggi so'zingiz qanday bo'lar edi?

- Keyinchalik aytadigan gaplarim bor. Faqat vaqt kerak.


Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика