Kamoliddin Tojiev: "Rejalarimizni ochiqlay olmayman. Har bir poziciyaga ikkitadan futbolchi bor"
19 okt 20:49
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Rejalarimizni ochiqlay olmayman. Har bir poziciyaga ikkitadan futbolchi bor"
Superliga 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Tezkor gol urib oldik. Bu bizga yordam berdi, sababi raqib ham ochilishga majbur bo'ldi. Qizil kartochkadan so'ng o'yinimiz yana o'zgardi. Yigitlarga rahmat", - dedi Kamoliddin Tojiev g'alabadan so'ng.
- Keyingi uchrashuv "Xorazm"ga qarshi safarda. Finaldan oldin suniy maydonda asosiy tarkib futbolchilarini o'ynatasizmi?
- O'zimizning rejalarimiz bor. Ularni ochiqlay olmayman. Reja bo'yicha ish tutamiz.
- Kubok finali oldidan sizni xavotirga solayotgan poziciya bormi?
- Yo'q. Bizda 11ta emas, 20ta futbolchi bor. Barcha futbolchilarimizni bir xil ko'ramiz. Har bir poziciyaga ikkitadan futbolchi bor.
- "Neftchi" - OKMK o'yinida mezbonlar ochko yo'qotishini istaysizmi?
- Bizdan oldindagi jamoalar ochko yo'qotishidan xursand bo'laman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar