So’nggi yangiliklar

16:00Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   1 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  1 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  6 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  7

Kamoliddin Tojiev: "Muxlislarga yoqadigan hujumkor o'yin guvohiga aylandik" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Muxlislarga yoqadigan hujumkor o'yin guvohiga aylandik"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Kamoliddin Tojiev fikrlarini bildirib o'tdi.


"Bugun muxlislarga yoqadigan hujumkor o'yin guvohiga aylandik deb o'ylayman. Dastlabki 10-15 daqiqalikda kirishib olish qiyin kechdi, keyin o'yinni o'z qo'limizga oldik. Amalga oshirgan zaxiralarimiz ham samara berdi",- deydi Kamoliddin Tojiev. 

- "Paxtakor" avvalgi o'yinlarga qaraganda sermahsullik ko'rsatdi. Oldingi chiziqda ko'p gol urdi. Bu raqibning ochiq o'yin ko'rsatgani bilan bog'liqmi yoki barchasi shunchaki ideal bo'ldimi?

- "Andijon"ning o'yinlarini tahlil qilgan edik. Qolaversa, o'zimiz ham hujumkor taktikada 4ta himoyachi bilan maydonga tushdik. Gol urishimiz kerak edi. Oldinda OCHL uchrashuvi kutib turibdi. Oldingi chiziqdagi o'yinimizni ko'rib olishni reja qilgandik. 

- Otabek Jo'raqo'zievning o'yinida pasayish bordek taassurot qoldirmoqda...

- "Paxtakor"ga hamma ham kelib birdaniga o'ynab ketmaydi. Yangi jamoaga moslashish kerak. Uning ustida ishlayapmiz.

- Zaxiradan maydonga tushgan Muhammadali O'rinboevdan ko'nglingiz to'ldimi? Diyor Holmatov nima uchun ko'rinmadi?

- Muhammadali O'rinboevdan ko'nglimiz to'ldi. Zaxiradan maydonga tushdi va gol urdi. Agar shunday davom etsa hamma o'yinda imkoniyat olishi mumkin. Diyor Holmatov jarohatini davolamoqda. 

- Dilshod Saitov birinchi bo'limda ko'p xatoga yo'l qo'yganiga munosabatingiz?

- Ancha vaqtdan beri o'ynamagani uchun kirishib keta olmadi. U ko'proq o'ynashi kerak va shu orqali ishonchni orttirib oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика