So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  7 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  9 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  8 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  6 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Kamoliddin Tojiev: "Havodan uzatilgan to'p darvozamizga kirib ketdi. Bugun bizning kunimiz emas ekan" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Havodan uzatilgan to'p darvozamizga kirib ketdi. Bugun bizning kunimiz emas ekan"

Elit OCHL to'rtinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Rayyan" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Kamoliddin Tojiev mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Birinchi bo'lim to'liq ustunligimiz ostida o'tdi. Yaqqol 3-4ta golli vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi taymda esa nima bo'lganini bilmayman, to'g'risi. Futbolchilar kiyinish xonasida qolib ketishgandir balki. Golni ham o'zingiz ko'rdingiz, havodan uzatilgan pas golga aylanib ketdi", - deydi Kamoliddin Tojiev bugungi bahs haqida.

- "Paxtakor" bugun ko'proq ustunlik qildi dedingiz. "Al Rayyan" jamoasi bugungi uchrashuvda jamoangizdan qaysidir jabhada ustunroq bo'la oldimi? "Rayyan" "Paxtakor" yaxshiroq ko'rindimi?

- Ustunlik to'liq biz tomonda bo'ldi. Uzoqdan oshirilgan pas tasodifan golga aylanib ketdi. "Rayyan" ushbu vaziyatdan boshqa darvozamiz tomon zarba bermadi. SHunchaki omadimiz kelmadi deb o'ylayman.

- Tanaffusdan so'ng "Paxtakor" o'yinida pasayish kuzatildi. Jamoa birinchi bo'limdagidek o'ynay olmadi. Ikkinchi bo'limdagi o'yin sifatining pasayishiga nima sabab bo'ldi?

- Biz har 3-4 kunda o'yin o'tkazmoqdamiz. Bu o'z so'zini aytmoqda. Jismoniy holatimiz sababli bo'lishi mumkin.

- Kecha "Al Rayyan" jamoasining hujum chizig'i kuchli ekanligini aytdingiz. "Al Rayyan" tajribali legionerlariga ega bo'lishiga qaramay, o'ta kuchli futbol namoyish etmadi. Qatar jamoasi siz kutgandek o'yin namoyish eta oldimi? Raqib bo'yicha kutilmalaringiz oqlandimi?

- Raqib biz kutgandek o'yin ko'rsata olmadi. Biz besh nafar himoyachi bilan ham ko'p hujum qildik va ko'p vaziyatlar yarata oldik. "Rayyan" ko'proq himoyalanish bilan ovora bo'ldi.

- Bugungi mag'lubiyatdan "Paxtakor"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari keskin pasayib ketmadimi?

- O'zingiz ko'ribsiz, musobaqa juda raqobatdosh. Barcha jamoalar ochko yo'qotishmoqda. Musobaqa jadvalidagi yuqoridagi jamoalar ham ochko yo'qotmoqda.

- "Paxtakor" birinchi bo'limning o'zidayoq 3ta gol urishi mumkin. Bunday yomon realizaciyaning sababi nimada?

- Bu futbol. To'p darvozaga umuman kirmadi. Raqibning havodan uzatilgan to'pi esa darvozamizga kirib ketdi. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

- Bugun "Paxtakor" individual xato tufayli mag'lub bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- Buning barchasi yaratgandan. Xato pas golga aylanib ketdi. Omad bugun raqib jamoaga kulib boqdi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика