So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Kamoliddin Murzoev: "Umid qilamanki bu Evropa ligasi va "Irtish“dagi so'nggi golim emas" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Umid qilamanki bu Evropa ligasi va "Irtish“dagi so'nggi golim emas"

Kecha Qozog'istonning "Irtish" klubi Evropa ligasi 1-saralash bosqichida "Levski"ni 2:0 hisobida mag'lub etib keyingi bosqichga chiqdi.
O'yin tugagach uchrashuvda hisobni ochgan hamyurtimiz Kamoliddin Murzoev sports.kz saytiga intervyu berdi.

- Kamoliddin, g'alaba bilan tabriklaymiz! Aytinchi bu qanday bo'ldi?
- Tabrik uchun rahmat! Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik va ikkita gol urdik. Keyin esa qarshi hujumlarda o'ynay boshladik. Kuchli raqib ustidan g'alaba qozonganimizdan xursandman.

- Tanaffusda bosh murabbiy Talgat Baysufinov nima dedi ?

- O'yinni susaytirmasligimizni aytdi, raqibga bo'sh hududlar qoldirmasligimizni tayinladi. Himoyada yaxshi o'ynab qarshi hujumlardan unumli foydalanishimizni takidladi.

- Urgan golingizni kimga bag'ishladingiz?

- To'g'risi golimni o'z onamga va klubimizning barcha muxlislariga bag'ishladim. Umid qilamanki bu Evropa ligasi va "Irtish“dagi so'nggi golim emas!

- "12-o'yinchi"ning yordami sezildimi?

- Ha, bugun muxlislarimiz stadionda qoyilaqom muhitni yuzaga keltirishdi. Barcha futbolchilar ularning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdi. Ularga minnatdorchilik bildiraman.

- Endigi raqib Bosniya va Gercegovinaning SHiroki Brieg klubi...

- Ha, menimcha raqib anoyilardan emas, ammo ungacha bizni chempionatda Tarazga qarshi o'yinimiz bor. Ayni paytda barcha ushbu o'yin haqida o'ylamoqda.

Narzulla Saydullaev tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика