So’nggi yangiliklar

17:54Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" "Замин"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 17:44АПЛнинг икки клуби "Фейеноорд" ҳужумчисига қизиқмоқда  0 17:14Ўзбекистон Кубоги. "Хоразм" - "Жайхун". Асосий таркиблар маълум!  0 16:53Бош вазир келган, чемпионлар муносиб тақдирланган, Тоифда бошланиб Тошкентда тантанали давом этган кутиб олиш маросимидан галерея  1 16:36Ўзбекистон Кубоги. "Андижон ФА" - "Қўқон-1912" 0:4  0 15:03Ўзбекистон Кубоги. 2-турни ўтказиб юборадиган футболчилар маълум  1 14:46Мбаппе қачон сафга қайтиши маълум  1 14:15Тер Штеген "Реал" билан ўйинда сафга қайтади  3 13:51Футболчиси "Олтин тўп"ни ололмаган "Реал" совринни ютган футболчини харид қилмоқчи  8 13:25Ла Лиганинг тўрт клуби Фатига қизиқиш билдирмоқда  1 13:04Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи БААда!  22 12:48"Манчестер Юнайтед" Бразилия терма жамоаси форварди билан музокара ўтказмоқда  0 12:02Маноло Гонсалес — Ла Лиганинг апрелдаги энг яхши мураббийи  0 11:45Асилбек Алиев: "Турнир бошидан чемпионликни мақсад қилган эдик"  5 11:15"Реал" — йилнинг энг яхши жамоаси  32

Kamoliddin Murzoev: “Onam va rafiqam yonimdalar…” Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: “Onam va rafiqam yonimdalar…”

Yaqindagi Toshkentning “Bunyodkor” klubidan Qozog'iston premer ligasi vakili “Irtish” jamoasi tarkibiga o'tgan Kamoliddin Murzoev yangi jamoasi tarkibidagi birinchi golini uzoq kuttirib qo'ymadi.
Aniqrog'i, Evropa ligasining saralash bahslarida, Bolgariyaning “Levski” jamoasiga qarshi o'tkazilgan javob uchrashuvining 6-daqiqasidayoq Murzoev raqib darvozasini boshi bilan aniq nishonga oldi. Bu uning yangi jamoasi tarkibidagi ilk goli bo'ldi. 

“Levski” bilan o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng hamyurtimizdan eksklyuziv intervyu oldik.

- “Levski” bilan o'tkazilgan javob uchrashuvi haqida fikrlaringiz?

- O'yin biz kutganimizdan ham yaxshiroq boshlandi. Eng muhimi, biz uchrashuv boshida ikkita tezkor gol urishga erishdik. Keyin, bosh murabbiyimiz ko'rsatmasiga ko'ra, asosan himoyada ishonchli o'yin ko'rsatib, tezkor qarshi hujumlarga asoslanib o'ynadik. Bu taktika o'zini oqladi va bahs yakunida biz o'z maqsadimizga erishdik.

- Uchrashuv boshidayoq gol urishingizni o'ylamagan bo'lsangiz kerak? Goldan keyin nimalar hayolingizga keldi?

- Jamoamizning tezkor qarshi hujumini gol bilan yakunlaganimdan albatta hursand bo'ldim. O'sha vaziyatda jamoadoshim menga juda ham qulay pas berdi. Goldan keyin esa stadionda o'tirgan va meni qo'llab-quvvatlab turgan onam va rafiqam tomonga yugurdim. Kiritgan golimni ularga va stadiondagi muxlislarga bag'ishladim.

- Demak, oila azolaringizni ham o'zingiz bilan birga olib ketgansiz?

- Ha, ularni aynan “Levski”ga qarshi o'yindan oldin o'zim bilan olib kelgan edim.

- Onangiz va rafiqangizni yoningizda ekanliklari siz uchun qanchalik muhim?

- Bu nafaqat men, balki har bir inson uchun juda muhim deb o'ylayman. Uzoq safardan yoki mashg'ulotdan qaytganda ularning qo'llab-quvvatlashlari va albatta o'zbegim taomlari.

- Qaerda bo'lsangiz ham milliy taomlarimizga etmaydi. SHundaymi?

- Albatta. Bir qator xorij davlatlarida bo'lganman, lekin, har safar o'zimizning milliy taomlarimizni sog'inaman.

- “Irtish” tarkibidagi 1-golingiz bilan o'yindan so'ng eng avvalo kim tabrikladi?

- Avvaliga jurnalistlar, echinish xonasida esa jamoadoshlarim.

- “Irtish”da hujumdagi sherigingiz Ulug'bek Baqoevni mavqei qay darajada?

- Baqoev kuchli hujumchi va uni bu erda ham yaxshi hurmat qilishadi.

- Jamoaga moslashib oldingizmi?

- Ha, klubga ancha tez va yaxshi moslashib oldim. Bunda Ulug'bek Baqoevning ham hissalari katta, ularning daldasini o'yinlarda ham his qilayapman.

- Sizningcha, O'zbekiston va Qozog'iston chempionatlarining qaysi jihatlari kuchli?  

- O'zbekiston chempionati ko'proq texnikaga va mayda pas uzatishlarga qaratilgan. Bu erda esa asosan jismoniy jihatga etibor beriladi va o'yin uzun paslar orqali quriladi. SHuning uchun so'nggi pog'onadagi klub ham kuchli jamoalardan ochko tortib oladi.

- Himoyachilar ancha qo'pol harakat qilishsa kerak?

- Nafaqat, himoyachilar hujumchilarga qarshi, balki, har bir raqibga nisbatan shunday.

- Premer ligadagi boshqa o'zbek futbolchilari bilan aloqada bo'lib turasizlarmi?

- O'yinlar bilan bo'lib hozircha bemalol suhbatlashishga imkon bo'lmadi.

- U erda bizning futbolchilarga talab kuchli ekanligiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Iqlimlarimizning bir-biriga yaqinligi, futbolchi bir joyga joylashib, unga moslashishi uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi. Bu holatda esa masala ancha engil hal bo'ladi. SHuningdek, jamoaga moslashib ketishi uchun ham ko'p vaqt talab qilinmaydi.

- Maxalliy futbolchilarning birontasi bilan yaqin bo'lib oldingizmi?

- Ochig'ini aytsam, biror bir alohida futbolchi bilan emas, balki, jamoadagi barcha yigitlar bilan munosabatlarimiz yaxshi.

- “Irtish”da turar joy masalasini hal qilib berishdimi?

- Ha, ijaraga uy olib turibman. Harajatlari esa klub tomonidan qoplanmoqda.

- Sportda siz uchun fenomen inson kim?

- Qandaydir bir insonni aytish qiyin. Bunday insonlar anchagina va ulardan ko'p narsalarni o'rganish mumkin. Misol uchun: Useyn Bolt, Elena Isinbaeva, David Bekxem, Zayniddin Zidan, Vitaliy Klichko.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика