So’nggi yangiliklar

22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  0 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  4 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  6 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  1 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  3 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  9

Kamol Jo'nashev: "Navbahor" yoshlari bilan ishlash qiziqarli bo'ladi" Yangiliklar

Kamol Jo'nashev: "Navbahor" yoshlari bilan ishlash qiziqarli bo'ladi"

So'nggi yillarda Toshkentning "Istiqlol" klubi bosh murabbiyi sifatida ishlagan Kamol Jo'nashev kuni kecha Namanganning "Navbahor" klubida ish boshladi.
Jo'nashev klubning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlaydi. SHu munosabat bilan biz murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.

"Xabariingiz bor, "Istiqlol" moliyaviy muammolar sababli bu yilgi mavsum birinchi ligada ishtirok etmasligi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Kuni kecha Baxtiyor Ashurmatov menga "Navbahor" yoshlar jamoasi bilan ishlashni taklif qildi. Rahbariyat bilan uchrashib gaplashdik, bu ish menga qiziqarli tuyuldi. Oldingi murabbiy Aleksandr Lyanning sog'ligi bilan bog'liq muammolar borligi tufayli uning o'rniga meni murabbiy etib tayinlashdi", - deb gap boshladi Jo'nashev.

Hali mavsum boshlanishiga biroz muddat vaqt bor. Unga qadar o'rtoqlik o'yinlari orqali qobiliyatli futbolchilarni saralab olamiz. Talabimizga javob bermagan bazi o'yinchilarga javob beramiz. Juma kuni "Xotira 79" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Bahs 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi".

"Bu yil "Navbahor" yoshlar jamoasi safida asoan 1995, 1996 va 1997 yilda tug'ilgan yigitlar to'p tepishadi. Namangan va vodiydagi yosh qobiliyatli futbolchilarni izlab ularni jamoaga jalb qilish kerak. Asosiy maqsadimiz "Navbahor"ning asosiy tarkibiga futbolchi etishtirib berish. SHu orqali o'smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalarga futbolchi tarbiyalash", - deydi Kamol Jo'nashev.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика