So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  9 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Kamida durangga munosib edik. Qo'lni tushirmay kurashishda davom etamiz - Andrey SHipilov Dinamoning alamli mag'lubiyati, omadsizliklar va keyingi turlar haqida Yangiliklar

Kamida durangga munosib edik. Qo'lni tushirmay kurashishda davom etamiz - Andrey SHipilov Dinamoning alamli mag'lubiyati, omadsizliklar va keyingi turlar haqida

Superliga 10-turi doirasida Dinamo o'z maydonida AGMKni qabul qilib, alamli mag'lubiyatga (1:2) uchradi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab Dinamo yangi bosh murabbiyi Andrey SHipilov qatnashdi.




- Alamli mag'lubiyat bilan tugagan o'yin haqida...

- Yaxshi raqibga qarshi birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, raqibga deyarli imkon bermadik. O'ylangan hujumda klassik gol urdik. Pozicion yaxshi o'yin namoyish etdik. SHohmalik birinchi bo'limdayoq hisobni 2:0ga etkazishi mumkin edi, ammo darvoza ustunini nishonga oldi. Bu golga aylansa, o'yinda mag'lub bo'lmasdik. Ikkinchi bo'limda esa taxminan 15 daqiqa o'z maydonimizdan chiqa olmadik. 90+4-daqiqada esa penaltidan foydalana olmadik. Bilmadim, bu omadsizlikka bog'liqmi, ochig'i bilmadim. Fikrimcha, kamida durangga munosib edik. Ketma-ket 3-4-o'yinlarda so'nggi daqiqalarda omadsizlikka uchrab, mag'lub bo'layapmiz. 

Hushyorlikni yo'qotayapmizmi yoki futbolchilarda mahorat etishmayaptimi, bilmadim. Qo'lni tushirmaymiz, biz ishlashda, keyingi bahslarga yanada yaxshiroq tayyorlanishga intilamiz.

- Bosh murabbiyga aylanganingizga bir necha kun bo'ldi. Jamoa o'yin jihatdan o'sayotgandek ko'rinmoqda, so'nggi daqiqalardagi omadsizliklar charchoq bilan bog'liq emasmi?

- Jamoadagi vaziyatdan, mashg'ulotlardan xabardor edim, o'yingacha ikkita mashg'ulot o'tkazishga ulgurdik. Biz o'tgan kunlar davomida standartlar ustida ishladik, o'yin intizomi ustidan bosh qotirdik. 

Ko'rdingiz, bugun ham yigitlar maydonda munosib ko'rinishdi. Ha, alam ustida ko'p gapirish mumkin, ammo yana takrorlayman – o'z vaziyatlarimizni golga aylantirishimiz kerak. Natija alamli, hech qanaqasiga qoniqmadim, albatta. Yigitlar harakatidan, shijoatidan esa qoniqdim. Bugun jamoam bilan hisobni saqlab qolish, vaqtni cho'zish haqida umuman o'ylaganimiz yo'q. Oxirigacha kurashdik. Raqib ham bizni hurmat qildi, feyr-pleyga amal qildi.

Hujumkor o'ynashni istamaymiz, deya olmayman. Raqib ham kuchli jamoa, ular bizni himoyaviy o'ynashga majbur qila olishdi. SHunga qaramay, o'yin qoidasini buzmaslikka harakat qildik, jamoa ko'rsatmalarni bajardi. 

Fikrimcha, bu o'yinda individual mahorat o'yin taqdirini hal qildi. Vaziyatimizni golga aylantirganimizda mag'lub bo'lmasdik. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman.

- Birinchi davra yakunigacha uch tur qoldi...

- Har bir turda ochkolar uchun kurashamiz. Har bir ochko juda muhim. Yuqoridagi klublar ham, o'rtamiyonalar ham bir xil kurashishmoqda, kuchlar deyarli teng desak bo'ladi. Natijalarga qarang - «Surxon», «Qo'qon-1912» «Paxtakor»dan ochko tortib olishmoqda. 

Kimdir taktika evaziga, kimdir individual mahorat, yana qaysidir jamoa jismoniy jihatdan ustunligi evaziga ochko olishga intilmoqda. 

- «Dinamo» nimaning evaziga ochko olishga intilmoqda?

- Biz himoya va hujum paytidagi tartibli va jamoaviy o'yinimiz evaziga ochko olish uchun har o'yinda kurashayapmiz. «Dinamo» Superligada boshqa jamoalarga qaysidir jihatdan engilmoqda, deb o'ylamayman. 

Bungacha jamoada ishlagan murabbiylar haqida ham yomon gap ayta olmayman, ular to'g'ri ishlashdi, harakat qilishdi, jamoa hozir ham yaxshi holatda. Ammo natija bo'lmasa, rahbariyat ham, muxlislar ham norozi bo'lishini yaxshi bilamiz. Buni yaxshi tushunaman. Bu futbol.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика