So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  0 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  16 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

Kalchopoli mojarosi Yangiliklar

Kalchopoli mojarosi

2006 yilning 22 aprelida Italiyaning "Gazzetta dello Sport" nashri "Yuventus" bosh direktori Luchano Modji hamda hakamlar kengashi vakillari o'rtasidagi suhbatni chop qildi. Modji go'yo "Yuventus" o'yinlari uchun o'ziga yoqadigan hakamlarni tayinlashni so'ragan. Bu maqola italyan futbolida "bomba" bo'ldi. "Kalchopoli" deb nomlangan mojaro shu tariqa dunyoga yuzini ko'rgan edi.

Omma adolatni tiklash va aybdorlarni qattiq jazolashni talab qildi. Italiya Futbol Federaciyasi sodir bo'layotgan voqealarga ko'z yuma olmadi va tergovni boshladi. Tezda korrupciyaning barcha tafsilotlari malum bo'lib bordi. Gazetalar, TV, radio va elektron OAV yozib olingan suhbatlarning parchalarini nashr etishda davom etdi. Tergov ro'yxatiga "Yuventus" va uning rahbarlaridan tashqari, boshqa klublar, IFF va hakamlar associaciyasi vakillari jalb qilindi. Janjalning ko'lami jamoatchilik, butun futbol olamini hayratda qoldirdi. 

3 haftadan keyin "Yuventus" Italiya chempionatidagi 29-titulini qo'lga kiritdi. Keyingi kun "keksa sinora" rahbariyati istefoga chiqdi. Italiya Futbol Federaciyasi va hakamlar associaciyasi prezidentlari ham o'z postlarini tark etishga majbur bo'lishdi.

24 yil oldin bo'lgani singari Italiya terma jamoasi o'z uyida futbol mojarosi avjiga chiqqan paytda mundialga yo'l oldi va 24 yil oldingidek "Skuadra Adzurra" chempion bo'ldi. Ammo futbolchilarning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi - IFFning tergovdan keyingi qarorlari elon qilindi:

"Yuventus" - quyi ligaga (Seriya B) tushib ketish, yangi mavsumni -30 ochko kamomad bilan boshlash, ECHL-06/07 dan diskvalifikaciya, 2 uy o'yinini yopiq eshiklar ortida (bo'sh stadion) o'tkazish, eng muhimi, Italiya chempionatida qo'lga kiritilgan so'nggi 2 tituldan mahrum bo'lishi kerak.

"Milan" - 05/06 yilgi mavsum uchun 44 ochkodan mahrum qilish, yangi mavsumni -15 ochko kamomad bilan boshlash, ECHL-06/07 dan diskvalifikaciya, 1 uy o'yinini yopiq eshiklar ortida (bo'sh stadion) o'tkazish.

"Fiorentina" - quyi ligaga (Seriya B) tushib ketish, yangi mavsumni -12 ochko kamomad bilan boshlash, ECHL-06/07 dan diskvalifikaciya, 2 uy o'yinini yopiq eshiklar ortida (bo'sh stadion) o'tkazish.

"Lacio" - quyi ligaga (Seriya B) tushib ketish, yangi mavsumni -7 ochko kamomad bilan boshlash, UEFA kubogidan diskvalifikaciya.

"Rejina" - yangi mavsumni -15 ochko kamomad bilan boshlash.

Barcha apellyaciyalardan so'ng qarorlar quyidagi ko'rinishga keldi:

"Yuventus" - quyi ligaga (Seriya B) tushib ketish, yangi mavsumni -9 ochko kamomad bilan boshlash, ECHL-06/07 dan diskvalifikaciya, 2 uy o'yinini yopiq eshiklar ortida (bo'sh stadion) o'tkazish, Italiya chempionatida qo'lga kiritilgan so'nggi 2 tituldan mahrum bo'lishi kerak.

"Milan" - 05/06 yilgi mavsum uchun 30 ochkodan mahrum qilish, yangi mavsumni -8 ochko kamomad bilan boshlash, bitta uy uchrashuvini yopiq eshiklar ortida o'tkazish.

"Fiorentina" - yangi mavsumni -15 ochko kamomad bilan boshlash, ECHL-06/07 dan diskvalifikaciya, 2 uy o'yinini yopiq eshiklar ortida (bo'sh stadion) o'tkazish.

"Lacio" - yangi mavsumni -3 ochko kamomad bilan boshlash, UEFA kubogidan diskvalifikaciya, 2 uy o'yinini yopiq eshiklar ortida (bo'sh stadion) o'tkazish.

"Rejina" - yangi mavsumni -11 ochko kamomad bilan boshlash va 100,000 evro miqdoridagi jarima.

Klublar va tashkilotlarning ko'plab vakillari jazolandi. Modji futboldan 5 yilga, Jiraudo - ham 5 yilga chetlatildi + 20,000 evro jarima, Leonardo Meani ("Milan") va Klaudio Lotito ("Lacio" prezidenti) 2,5 yilga, Massimo De Santis (referi) - 4 yilga futboldan chetlatildi. Andrea Delle Valle ("Fiorentina" prezidenti) - 3 yilga, Adriano Galliani ("Milan" bosh direktori bo'lish bilan birga A Seriya prezidenti) - 1 yilga (keyinroq 5 oyga qisqardi) chetlatildi... Faqatgina hakam Paolo Dondarini oqlandi.

"Yuventus" quyi ligaga tushirib yuborilishi natijasida ko'plab etakchilar jamoani tark etdi: Zambrotta va Turam "Barselona"ga, Kannavaro va Emerson "Real Madrid"ga, Vieyra va Ibragimovich "Inter"ga o'tib ketdi. Jamoa ustozi Fabio Kapello ham Turinni tark etib, Madridning "Real"iga yo'l oldi.

"Yuve" rahbariyatiga yangi odamlar keldi - Jovanni Kobolli Jili, Jan-Klod Blan... Jamoaning afsonaviy yarim himoyachisi Dide Desham murabbiy etib tayinlandi. Yangi (mutlaqo tajribasiz) murabbiy, yangi o'yinchilar (ko'pchiligi yoshlar jamoasidan olingan), mavsumni -9 ochko bilan boshlash singari noqulayliklarga qaramay, "Yuventus" yuqori divizionga qaytdi (o'z tarixida birinchi bor B Seriyani yutgani holda).

Xo'sh, yuqorida nomi tilga olingan "Kalchopoli janjali" qanday yuz berdi? Uni kim uyushtirdi? "Inter" rahbariyatining voqealarda qo'li bormidi? SHu kabi savollarga birozdan keyin chop etiladigan maqolada javob olasiz. "Championat.asia"ni kuzatishda davom eting!

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика