So’nggi yangiliklar

23:06"Реал" — "Вильярреал". Мбаппе асосий таркибда  1 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  2 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  6 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан иродали ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  6 20:59"Хавадар" — "Истиқлол". Машарипов асосий таркибда  0 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 20:06"Рубин" — "Ахмат". Таркиблар маълум  0 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  49 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  245 18:35АПЛ. Бешта баҳснинг асосий таркиблари билан танишинг  0 18:27АПЛ. Жотанинг голи "Ливерпуль"га муҳим 3 очкони тақдим этди  4 17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  8

Kalcho yuragida: "San Siro"ga sayohat Yangiliklar

Kalcho yuragida: "San Siro"ga sayohat

Italiya futbolini yaxshi ko'raman, ancha oldin Appenin yarimoroliga borib, u erda bo'lgan kalchoni tashqaridan his qilib ko'rmoqchi edim.

Dunyo moda markazi poytaxtiga tashrif buyurib, zamonaviy butiklarni aylanishni, asosiysi - dunyoga mashhur "Juzeppe Meacca" yoki bo'lmasam, "San-Siro" deb nomlanadigan stadionga ikki marta tashrif buyurishni niyat qildim. SHuningdek, o'zim sevadigan Italiya futbolini bevosita tomosha qilish men uchun qiziq edi. Yaqindagina Milanda yangi metro yo'nalishi ishga tushdi. Uning shohbekati aynan "San Siro"ga to'g'ri keldi. Bu esa arenaga bo'lgan yo'lni ancha qulaylashtirardi. Oldin "Inter" yoki "Milan"ning o'yinini ko'rish uchun metrodan keyin avtobusga o'tirish yoki anchagina piyoda yurish kerak edi. Endi esa birgina er osti transporti orqali ko'rkamgina stadionning oldiga etib borish mumkin. Ushbu stadionga egalik qiladigan ikkala jamoaning futbolchilari tasvirlangan katta-katta suratlar barcha metro bekatlariga ilib qo'yilgan, bu esa klublarni qo'llab-quvvatlash uchun juda muhim.



Stadionning o'zi metrodan 200 metrlar narida. Bu esa barchaga ancha qulay edi. (Taqqoslash uchun aytadigan bo'lsak, "Kamp Nou"ga eng yaqin bo'lgan metro bekatlariga taxminan bir kilometr masofani piyoda bosib o'tish kerak). Dastlab, klub muzeyini o'yin bo'lmaydigan, oddiy bir kunda aylanib chiqishni xohladim. CHiptani sotib olgandan keyin inson birdaniga ixchamgina, "Inter" va "Milan"ga tegishli bo'lgan eski liboslar, buyumlar, dasturlari yig'ilgan xonaga tushib qoladi. Ha, muzey ikki buyuk klubga ham tegishli, bunda esa hech qanday noodatiylik yo'q. Italiyada shundayki, derbilar hazilakam bo'lmaydi. Misol uchun, "Lacio" va Roma" yoki "Yuventus" va "Torino"lar bir shahar jamoalari bo'lganligi uchun ashaddiy raqib. Ammo jamoalarning orasida hech qanday dushmanlik yo'q. "Inter" va "Milan" o'rtasidagi derbi esa sevimli buvijonisining sevgisi uchun kurashayotgan ikki "amakivachcha" jamoalarning "jangiga" o'xshaydi. Rostini aytganda muzey juda kamtarona. Unga zamonaviylik va qandaydir texnologiyalar etishmaydi. Hech kimga yonbosmagan holda aytamanki, muzey "Barselona" va "Real"nikidek qiziqarli. Stadionda kiyinish xonalarni ham tomosha qilish mumkin. Ochig'i, "Milan"ning xonasi biroz boyroq ko'rinadi. Biroq "Inter"ning kiyim almashtirish xonasigacha bo'lgan yo'l klubning buyuk liboslari rasmlari bilan chiroyli qilib bezatilgan. Er osti yo'li orqali "Milan"ning murabbiylari o'tiradigan joyga o'tish mumkin. Unda o'tirish, o'zini murabbiy yoki futbolchining o'rnida his qilib ko'rishning imkoniyati bor. Tribunadan o'tgandan keyin jamoalar uchun umumiy hisoblangan panorama va do'konga duch kelish mumkin. Do'kon o'zining antiqa buyumlari bilan odamni quvontiradi, ammo uning ochilganiga uzoq vaqt bo'lmagan, ayrim tuzatilishi lozim bo'lgan ishlar borligi ko'zga tashlanadi. Albatta, u erdan esdalik uchun buyumlar xarid qilish mumkin. Ayrim xotiralar etishmayotgan bo'lsa-da, u erdan yoqimli hissiyotlar qolgan.



Uchrashuvga ertaroq borishga harakat qildim. O'yin kuni butun metro ko'k rangga burkandi. Milanning turli chekkalaridan tashrif buyurgan muxlislar shaharning asosiy qismiga boradigan maxsus avtobuslariga chiqib olishgandi. SHuningdek, tribunalardagi bayroqlar orqali boshqa viloyatlardan ham odamlar kelganini bilsak bo'ladi. Stadionning yonida savdo ishlari olib borilmoqda, mamnunlik bilan klub rasmiy do'koniga etib bora olmayotgan kichik buyumni xarid qildim. Kassadan chipta sotib olish mumkin, "Bolonya" bilan bahsning statusi unchalik yuqori bo'lmasa-da, "neradzurri"lar so'nggi ikki oyda g'alabaga erisha olmadi. Derbi yoki kuchli jamoalar "Yuventus", "Roma", "Napoli"ga qarshi bahslardan oldin chiptani ancha oldinroq rasmiy saytdan sotib olish kerak. Agarda elektron chipta xarid qilinadigan bo'lsa, stadion ichida maxsus pasportni olib yurish kerak. Sektorlarga etib borish esa juda oson. Sababi, tribunalarda juda ko'plab kirish va chiqish eshiklari bor.

Albatta, ish bor joyda kamchilik ham bor. Arena ancha "qarigan", rahbariyat esa uni qayta tamirlash uchun hech qaysi tashkilot bilan kelisha olmayapti. Deyarli barcha stadionni tamirlashni xohlaydi, biroq shahar meriyasi bunga ruhsat bermayapti. Maydon va tribunani ajratib turuvchi yo'lak ham bor. U esa tribunalardan tushadigan narsalarni o'ziga qabul qilib olishi kerak. Ha, o'rindiqlar ham unchalik qulay emas, orasidagi masofa ham juda noqulay. Baland bo'yli odam albatta tizzasini urib oladi, o'rindiq esa hech qaerga siljimaydi.

Nihoyat, o'yin boshlanmoqda, qolganlar esa ikkinchi darajali. "Inter" madhiyasi CHelentano tomonidan ijro etilganidan keyin Pazza Inter Amala (aqlsiz "Inter"ni sev!) nomli qo'shiq yangraydi va jamoalar maydonga tushib keladi. Muxlislar baland ovoz bilan o'zlarining sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashadi, har bir omadsiz vaziyatlarni yuqori xissiyot bilan qabul qiladi, hakamning qarorlarini muhokama qilishadi. Italiya futbolida referilarga ham anchagina qiyin. U erda futbolga turli yoshdagi muxlislar borishadi. Ularning orasida Faketti, Luis Suares kabilarning o'yinlarini ko'rgan yoshlar ham, chempionlar ligasining 2010 yilgi finalini tomosha qilmaganlar ham bor. Ularning barchasi "San-Siro"ni xush kayfiyatda tark etishdi, "Inter" muxim g'alabani qo'lga kiritdi. Xaloyiq metro tomon harakatlandi. Tabloda yig'ilgan muxlislarning soni sanalmoqda, turniketlar yopilmoqda va tez orada ishlamay qoladi.


"San-Siro" yoddan chiqmaydigan xotiralarni taqdim etadi, bu esa Italiyaning buyukligiga juda muxim. Bu erda kitoblar yoziladi, qo'shiqlar bitiladi. Milan esa darajasi yuqori bo'lmagan muxlislar shahri. Janubda, Neapolda haqiqiy aqlsizlikni ko'rishingiz mumkin. Butun bir shahar 90 daqiqa davomida boshqa ishlarini esdan chiqaradi. Milandan tashqaridagi o'yinlar bo'layotgan vaqtda esa shaharda ikki grand borligi unutiladi, hattoki ko'k va qizil sharflar taqilib, derbi o'tayotgan vaqtda ham. Lekin bu ikki jamoaning biri haftada bir marta bu stadionda Milanning sharafini himoya qilish uchun maydonga tushadi.


Sergey Rumyancev
championat.asia sayti uchun maxsus

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика