Kaka: "Ronaldo braziliyaliklar uchun shunchaki ko'chada yurgan semiz yigit. CHet elliklar uni ko'proq hurmat qilishadi"
09 dek 2022 12:10
Yangiliklar
Kaka: "Ronaldo braziliyaliklar uchun shunchaki ko'chada yurgan semiz yigit. CHet elliklar uni ko'proq hurmat qilishadi"
Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Kaka mamlakat aholisining Ronalduga munosabati haqida gapirdi.

"Bu g'alati tuyuladi, lekin ko'plab braziliyaliklar o'z terma jamoasini qo'llab-quvvatlamaydi. SHunaqasi bo'lib turadi.
Ronalduni ko'rganingizda "voy" deb hayqirasiz, lekin Braziliyada unga nisbatan munosabat boshqacha. Go'yo u shunchaki ko'chada yurgan semiz bir yigit.
Hozir Braziliyada ko'pchilik Neymar haqida salbiy fikrda.
Albatta, ko'pchilik braziliyaliklar Ronaldoni yaxshi ko'radilar, men ham uni yaxshi ko'raman, lekin Braziliyada uni chet eldagi kabi hurmat qilishmaydi. Uni xorijliklar ko'proq hurmat qilishadi", – dedi Kaka "BeIN Sports" efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar