Joze Mourinyu: "Napoli" haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritmoqda"
28 jan 2023 22:51
Yangiliklar
Joze Mourinyu: "Napoli" haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritmoqda"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu 29 yanvar kuni "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Ertaga "Napoli" qanday holatda bo'ladi? Har doimgidek bo'lsa kerak-da. Ular chempionlikka haqli ravishda erishmoqdalar. Neapol ahlini, futbolchilarini, Luchano Spallettini chempionlik bilan tabriklayman.
Ular eng yaqin taqibchisini 12 ochkoga ortda qoldirib ketishdi, balki, endi A Seriyada chempionlik uchun kurash tugagandir ham. Skudetto ularniki. SHunchaki ularga yonbosib gapirayotganim yo'q. CHunki "Napoli" g'oliblikni qo'lga kiritib bo'ldi", - dedi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar