So’nggi yangiliklar

09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  0 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  0 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  3 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  2 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  4 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  3 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  2 03:05Англия лига кубоги. ​Гарначонинг дубли "Челси"га "Кардифф" устидан ғалаба тақдим этди.  1 00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  7 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  11 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  11 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  7 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  10

Joze Mourino vs Xosep Gvardiola. Statistika va qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Joze Mourino vs Xosep Gvardiola. Statistika va qiziqarli malumotlar

Bugun "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasida millionlab muxlislar kutgan Manchester derbisi bo'lib o'tadi.

"Barselona" va "Real"ning bazi muxlislari bu uchrashuvga beetibor emas, chunki Gvardiola va Mourino bir paytlar ushbu ikki ispan grandida super to'qnashuvlarni yuzaga keltirib, har bir uchrashuvni shou darajasigacha olib chiqishgan. Aynan shunday muxlislar uchun ispaniyalik va portugaliyalikning o'zaro statistikasini etiboringizga havola qilamiz.

Joze Mourino va Xosep Gvardiola o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2009 yil 16 sentyabr kuni CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi bahsda sodir bo'lgan. Joze Mourino qo'l ostidagi "Inter" o'sha kuni Gvardiolaning "Barselona"sini qabul qilgan. Birinchi bahs gollarsiz yakun topgan. Hozirgacha bu ikki buyuk murabbiy barcha turnirlarda 19 marta to'qnash kelgan. Ustunlik kim tomonda deysizmi, pastroqdagi raqamlarga qarab, buni bilib olishingiz mumkin.

Joze Mourino vs Xosep Gvardiola
Murabbiylar
G'alaba
Durang
Mag'lubiyat
Joze Mourino4
7
8
Xosep Gvardiola8
7
4


Bu ikki mutaxassislar boshqargan jamoalarning o'zaro o'yinida qayd etilgan eng yirik hisob 5:0. 2010 yil 29 noyabr kuni Xosep Gvardiolaning "Barselona"si "Santyago Bernabeu"da Madridning "Real" klubi darvozasiga javobsiz 5ta gol urgan.


Sovrinlar borasida portugaliyalik murabbiy ispaniyalik hamkasbidan oldinda. Biroq finalda mag'lub bo'lish borasida ham Mourino Gvardioladan ilgarilab ketgan.

Joze Mourino vs Xosep Gvardiola
Murabbiylar
Sovrinlar soni
Finaldagi mag'lubiyatlar
Joze Mourino
25
9
Xosep Gvardiola
21
4


Qiziqarli malumotlar

  • Joze Mourino faoliyati davomida 3 marotaba Premer-ligada oy murabbiyi sovrinini qo'lga kiritgan bo'lsa, Gvardiola 2017 yilning portugaliyalik hamkasbidan o'zib ketdi
  • Joze Mourino murabbiy sifatida Xosep Gvardioladan ko'proq uchrashuvlarda g'alabaga erishgan (560-487)
  • Joze Mourinoning eng uzun seriyali g'alabasi 15ta uchrashuvdan iborat bo'lgan (sentyabr-dekabr, 2011)
  • Xosep Gvardiolaning eng uzun seriyali g'alabasi 20ta bahsdan iborat (avgust-dekabr, 2017)
  • Joze Mourino eng ko'p Xosep Gvardiola boshqargan jamoaga mag'lub bo'lgan (9ta)
  • Xosep Gvardiola eng ko'p Yurgen Klopp boshchilik qilgan klublarga taslim bo'lgan (5ta)


Mourino murabbiylik faoliyati davomida transferlar uchun 1,29 mlrd. funt sarflagan. U xarid qilgan har bir futbolchining o'rtacha narxi 14,02 mln. funt.

Gvardiola esa transfer oynalarida 902,97 mln. funt ishlatgan. Uning har bir xaridi o'rtacha 19,21 mln. funtga tushadi.

Bugun Manchester derbisi. Statistika va qiziqarli malumotlar

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика