Joau Feliks PSJga o'tmaydi
26 dek 2022 00:37
Yangiliklar
Joau Feliks PSJga o'tmaydi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks qishki transfer oynasida PSJga o'tmaydi.
23 yoshli portugaliyalik uchun ikkita asosiy davogar qolmoqda: "Arsenal" va "Manchester Yunayted".
Feliks Madrid klubida 2019 yildan beri to'p tepadi. O'shanda ispanlar futbolchi uchun "Benfika"ga 127 million evro to'lagan.
Portugaliyalik hujumchi joriy mavsum “Atletiko” safida barcha turnirlar doirasida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 50 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar