So’nggi yangiliklar

08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  0 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  6 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  2 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  5 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3

Jezus: "13 yoshimda oyog'imni sindirishmoqchi bo'lishgan, ammo jamoa meni himoya qilgan" Yangiliklar

Jezus: "13 yoshimda oyog'imni sindirishmoqchi bo'lishgan, ammo jamoa meni himoya qilgan"

Teglar :  Gabriel Jezus
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus 13 yoshida jamoadoshlari uni himoya qilgani haqida aytib berdi.

"13 yoshimda katta kishilar bilan futbol o'ynashni boshlaganman. Bu xuddi ko'cha basketboliga o'xshardi. Qo'polliklar juda ko'p bo'lardi. Liganing eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik. Hamma menga hayrat bilan qarab, "Kim bu bolakay?" deb so'rashardi.

To'rt daqiqa o'tib himoyachini aldab o'tdim va gol urdim. SHundan so'ng, himoyachi oyog'imni sindirishini aytgan. Ammo to'p yana menga tushdi va jamoamiz gol urdi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida g'alaba qozondik. Himoyachi mashinalar turargohida menga hujum qilmoqchi bo'ldi. Biroq jamoadoshlarim meni undan himoya qilishdi.

Bu hikoyaning yakuni emas. Yangi yilga yaqin oilamni ko'rish uchun uyga qaytdim. Bankka borishim kerak edi, u erda esa oyog'imni sindirmoqchi bo'lgan o'sha yigitni uchratdim. U shunday dedi: "Bolakay, meni esladingmi? O'shanda oyog'ingni sindirmoqchi edim".

U hazillashdi deb o'yladim. "Yo'q, uka, yo'q. Men haqiqatdan ham shunday qilmoqchi edim. Endi esa sen sevimli jamoada o'ynaysan. Seni yaxshi ko'raman, uka".

Bunga ishona olmasdim. Biroz kulishdik va birgalikda suratga tushdik" - deydi Jezus.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика