Jeymi Karrager: "Bu "Liverpul" APL uchun mos emas"
28 jan 13:48
Yangiliklar
Jeymi Karrager: "Bu "Liverpul" APL uchun mos emas"
"Meni "Liverpul"ning ECHLdagi ishtiroki emas, balki APLdagi holati ko'proq tashvishga solyapti. Premer-ligadagi asosiy uchta to'siq — bu standart vaziyatlar, to'pni autdan uzoqqa tashlash va qarshi hujumlardir. "Liverpul" esa bu faktorlarga va raqiblarning "past blok" (zich himoya) bo'lib o'ynashiga qarshi hech narsa qila olmayapti.
Biz APL uchun mos bo'lmagan jamoani ko'ryapmiz. Evrokuboklarda autlar yoki standartlar APLdagidek katta ahamiyatga egami? Yo'q. U erda hech kim zich himoyaga yotib olmaydi, bu esa "Liverpul"ga qo'l keladi.
Ular "Real Madrid"ni yutishi, safarda "Inter" yoki "Marsel"ni mag'lub etib, pley-offga chiqishi mumkin. Ammo men bu jamoani Premer-ligaga tayyor deb hisoblamayman", — dedi Karrager "Sky Sports" efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar