Jerom Boateng: "Ko'kragimdagi mushak operaciyasidan so'ng yugurish uslubimni o'zgartirishga to'g'ri keldi"
06 jan 2018 14:40
Yangiliklar
Jerom Boateng: "Ko'kragimdagi mushak operaciyasidan so'ng yugurish uslubimni o'zgartirishga to'g'ri keldi"
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng o'zining jismoniy holati haqida aytib berdi.
O'tgan yilda Boateng 52ta uchrashuvning 24tasida ishtirok etdi.
"Ayni damda o'zimni yaxshi his qilyapman. 2017 yilni 80% tayyor bo'lib yakunladim. Agar bu hafta yig'inda yaxshi ishlasam, 100% tayyor bo'laman.
Bu vaqt men uchun oson bo'lmadi. O'zimni avvalgidek his qilish uchun bir yil kerak bo'ldi. Ko'kragimdagi mushakdan so'ng yugurish uslubimni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Bu jarohat o'yinimga tasir qildi" - deydi Boateng.
Futbolchi 2016 yilning dekabr oyida ko'kragining mushagini operaciya qildirdi. 2017 yilda esa sonining yuqori qismini shikastlab oldi va yana muammolar boshlandi.
O’xshash yangiliklar
21:24
SHomurodovga jiddiy qiziqayotgan "Salernitana" o'z safiga JCH va ECHL g'olibini qo'shib oldi 4
Fikrlar